6-mavzu. Monetar siyosat va valyuta kursi (2 soat) Reja
Markaziy bankning transmission mexanizmidagi foiz va valyuta kursi kanallari
Download 18.8 Kb.
|
BMB 7-mauza (1)
7.4. Markaziy bankning transmission mexanizmidagi foiz va valyuta kursi kanallari
Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi. Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmasada, foiz stavkasi o‘zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo‘yicha tahlillar ular orasida barqaror bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O‘zbekiston sharoitida cheklanganligini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin. Xususan, banklararo pul bozorida tijorat banklari faolliyatining sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi foiz kanalining samaradorligini pasaytiradi. 2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga qisqa muddatli likvidlikni taqdim qilish operatsiyalari faollashtirildi. Lekin bunda yagona banklararo pul bozorining mavjud emasligi hamda pul-kredit instrumentlari ta’sirining cheklanganligi amalga oshirilayotgan choralar samarasini pasaytirmoqda. Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib hamda pul-kredit siyosati transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini samarali tartibga solish maqsadida 2018 yilning birinchi yarim yilligida qisqa muddatli pul resurslarini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tug‘ilganda Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini ta’minlash va foiz instrumentlarini optimallashtirish maqsadida Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019 yildan amaliyotga joriy qilish ko‘zda tutilgan. Likvidlik taqdim etish va jalb qilish bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari turlarining kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy operatsiyalari bo‘yicha foiz koridorini shakllantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli darajada mustahkamlab boradi. Download 18.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling