KO‘P ALLELLIK
Agar allellarning soni ikkitadan orti bo‘lsa, ko‘p allellik deyiladi. Bunday allel genlar bitta dominant genning bir necha marotaba mutatsiyaga uchrashi natijasida kelib chiqadi. Natijada asosiy dominant (A) va retsessiv (a) genlardan tashqari ularning oralig‘ida turadigan bir necha allel genlar paydo bo‘ladi (A, A1, A2, A3, A4, ..., a). Demak, bitta gen turlicha o‘zgarib har xil belgilarni yuzaga chiqarishi mumkin, ya’ni oraliq gen (A1) asosiy dominant genga (A) nisbatan retsessiv hisoblanib, asosiy retsessiv genga (a) nisbatan esa dominant hisoblanadi va hokazo. Drozofila pashshasi ko‘zining turli rangda bo‘lishi 12 ta qator allel genlar ta’sirida yuzaga chiqadi. drozofila pashshasi ko‘zining ok, zafaron, ozgina bo‘yalgan, to‘k sariq qizg‘ish, qizil va hokazo ranglarni keltirib chiqaradi. Quyonlarda esa junining rangi qora, xavorang (shinshilla), ok lekin dumi, kulog‘i, oyog‘i va burnining uchi qora (himoloy quyonlari) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |