Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra: gistologiya va tibbiy biologiya


Download 1.88 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1248043
Bog'liq
monoduragay

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KAFEDRA:GISTOLOGIYA VA TIBBIY BIOLOGIYA

  • MAVZU:MONODURAGAY CHATISHTIRISH.ALLEL BO`LGAN GENLARNING O`ZARO TA`SIRI,KO`P ALLELLIK
  • TUZUVCHI:RAXMATALIYEV BARKAMOL

REJA:

  • Asosiy genetik atamalar va ramzlar bilan tanishish.
  • Genetikaning asosiy qoidalarini to`g`ri tushinish
  • G.Mendelning tajribalari bilan tanishish

Gregor Mendel (1822 – 1884 .) -

  • Irsiyat qonunlarini tadqiq qilishning ilmiy asosini yaratgan.U Vena universitetida o`qib yurgan vaqtida o`simliklarni chatishtirish bilan shug`ullanib,turli duragay avlod tiplarining statistik ma`lumotlariga e`tibor berib hisoblash ishlarini olib borgan.
  • Mendelning bu ishlari 1856-yili yozda boshlangan ilmiy-tadqiqot ishlariga asos bo`lgan.
  • Mendel o`z tajribalarini 8 yil davomida (1856-1864)Brno shahridagi Avgustinsk cherkovining bog`ida o`tkazgan.
  • Tajriba natijalari haqida 1865-yil 8 fevralda Brno shahridagi tabiatni tadqiq qiluvchilar jamiyati kengashiga axborot berdi va ishini ``O`simliklarni chatishtirishga doir tajribalar `` nomi bilan chop ettirdi.
  • Mendel tajribalarini 1902-yili bir biridan mustaqil holda uch olimlarning:nemis olimi K.E.Korrens (makkajo`xori).avstraliyalik olim E.Chermak (no`xat), va golland olimi G.de Friz (ko`knor va sassiq mingdevona)o`tkazgan tajribalarining natijasidan so`nggina e`tibor berildi.Bu olimlarning nomi Mendel qonuniyatlarini qayta tadqiq qiluvchi olimlar sifatida tarixda qoldi.

Mendel tajribaga eng qulay o`simlikni tanladi.No`xat o`zidan changlanadi, u no`xat donlarining rangi va shakliga,gulining joylashishiga,gulining rangiga,poyasining baland va past boyli bo`lishiga e`tibor berdi.

  • Mendel tajribaga eng qulay o`simlikni tanladi.No`xat o`zidan changlanadi, u no`xat donlarining rangi va shakliga,gulining joylashishiga,gulining rangiga,poyasining baland va past boyli bo`lishiga e`tibor berdi.

Afzalliklari:

  • ● Bir qancha belgilari bilan bir-biridan farq qiladigan ko`p navlari bor.
  • ● O`stirish qulay
  • ● Gullarining ko`payish a`zolari to`liq berkilgan bo`ladi, bu esa o`simlik o`z-o`zidan changlanishiga imkon beradi.
  • ● Navlarni sun`iy changlantirib,serhosil duragay yaratish mumkin.

Genetik atamalar

  • Zigota – urug`langan tuxum hujayra.
  • Gen - yunoncha (``genos`` - tugilish)
  • Allel gen – o`xshash xromosomalarni saqlaydigan gen.(aa)
  • Gameta – yunoncha (``gametos``- jufti), gaploid xromosoma yig`indisi bor o`simlik va hayvonlarning jinsiy hujayrasi.
  • Gomozigota (AA,aa) birday allelli genlari bor gametaning qo`shilishidan tuzilgan organizm.
  • Geterozigota - har xil allel genlari bor gametalarning birikishidan hosil bo`lgan organizm.
  • Genotip – irsiy genlarning yig`indisi
  • Fenotip – irsiy genlarning tashqi ko`rinishi
  • Dominant – (AA)ustun belgi
  • Retsessiv – (aa)ko`rinmaydigan belgi.

Genetik ramzlar

  • Р – lotincha ota-ona
  • Х – chatishtirish belgisi
  • . - onalik belgisi.
  • . - otalik belgisi.
  • Ғ – avlod, bo`g`in belgisi
  • g –gameta
  • А
  • желтые
  • семена
  • а
  • АА
  • аа
  • Аa
  • ×
  • зеленые
  • семена
  • Р:
  • G:
  • F1:
  • желтые
  • семена

Ko`p allellik

MUSTAHKAMLASH UCHUN MASALALAR

  • Donining rangi sariq bo`lgan gomozigotali no`xat o`simliklari yashil donli o`simliklar bilan chatishtirilganda F1 va F2 o`simliklarning genotipini va fenotipini hamda F1 o`simliklarini sariq donli geterozigota va yashil donli o`simliklar bilan qayta chatishtirishdan olingan o`simliklarning genotipi va fenotipini aniqlang.
  • Kulrang tanali drozofila pashshalari o`zaro chatishtirilganda,keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali bo`lgan.Chatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi?Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o`tkazish kerak?

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling