6-mavzu. Muloqot texnikasiva texnologiyasi
Muloqot texnikasi –bu kishining shaxsiy madaniyati, uning bilimlari, uquvi, har tomonlama nazariy tayyorgarligi, ta’lim va tarbiya berish usullarini oʽz nutqi orqali ifodalash demakdir. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘gʻriroq boʻladi. Chunki, nutqiy san’at – bu qandaydir qoʻl bilan tutib boʻlmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir.
1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnga savollar tuzing.
Muloqot texnikasi tugʻma iste’dod yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun, ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining oʽz ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:
1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, oʽz nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, oʽz fikr va his- tuygʻularini soʽzda aniq ifodalash.
2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, ragʻbatlantiruvchi yoki iliq tabassum.
3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, Hayrxohlik kayfiyatini saqlash, oʽzining hissiy holatini tashkil etish.
Muloqot texnikasining zaruriy sharti- bu oʻqituvchining oʽz e’tibori va oʻquvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bogʻliq boʻladi:
Mehnat - bu behad izlanish va o`z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand boʻlish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish.
San’at - bu qandaydir qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |