6-mavzu: O’rnatilgan tizimlarga uzilish ish tartibini joriy etish Uzilishlar mexanizmi
Download 357.12 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu
Uzilishli davriy so‘rovlar:
Agarda bizning amaliy dasturimiz so‘rov tizimiga yaxshi mos kelsa, ammo protsessorga bevosita chiqishni talab etadigan bir necha maqsaddan iborat bo‘lsa nima sodir bo‘ladi ? Unda oddiy so‘rov tizimini rad etib, RVOT ning ancha murakkab rejalashtirish algoritmiga o‘tish zarurati tug‘iladimi? 68HC12 mikrokontroller ustivor boshqaruvli quvvatli va qayishqoq uzilishlar tizimiga ega. Oddiy kundalik vazifalarga ishlov berish uchun so‘rov algoritmidan foydalanish mumkin, ayni paytda kechiktiruvsiz aralashuvni talab etadigan vazifalar uchun esa uzilishli tizimdan foydalansa bo‘ladi. Bu turdagi rejalashtirish algoritmlari oldingi rejali va fonli tizilar sifatida mashhur. Bunda so‘rov algoritmi operatsion tizimning foni sifatida qaraladi, uzilishlar esa tizimning ustivor qismiga javobgar bo‘ladi. Odatda, bu tizimlar qismlarga bo‘lib ishlab chiqiladi. Dastlab, tizimning fon qismi ishlab chiqiladi va keyin unga ustivor uzilishli qismi qo‘shiladi. Karuselli tizimlar: Karuselli RVOTlarda, tizim yadro bitta faol vazifaga ishlov berishdan ikkinchi vazifaga ishlov berishga ketma-ket o‘tadi. Qachon ishlov berish oxirgi vazifaga yetib kelganda yana birinchi vazifadan boshlaydi. Davriy tizimlarda esa bu jarayon oxiriga yetmasdanoq keyingi vazifaga ishlov berishga o‘tiladi. Agar bunday o‘tish mumkin bo‘lmasa vaqtni kvantlash usulidan foydalanish mumkin. Vaqtni kvantlashda davrning har bir vazifasiga protsessorga ulanish uchun tayinlangan vaqt ajratiladi. Agarda ushbu davr ichida vazifaga ishlov berish oxiriga yetmasa, unda uning matni bilan bog‘langan holda saqlab qolinadi va tayyorlik holatiga o‘tkaziladi, davriy ketma-ketlikdagi keyingi vazifa faol holatga o‘tadi. Karuselli OT davriy navbatli arxitekturaning ma’lumotlar strukturasidan foydalanib oson yig‘ilishi mumkin. Bu holda, har biri ketma-ket ravishda navbat ichidagi bir maqsaddan keyingi maqsadga o‘tadi. Agarda, vaqtni kvantlash zaruriyati tug‘ilsa, unda 68HC12 mikrokontrollerdagi mavjud real vaqt rejimida uzilishlar orqali oson amalga oshirish mumkin. Download 357.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling