6-mavzu: O’rnatilgan tizimlarga uzilish ish tartibini joriy etish Uzilishlar mexanizmi
Download 357.12 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvli uzilishli tizimlar
Aralash tizimlar:
Biz yuqorida ko‘rganimizdek, karusel so‘rov tizimi ustivor uzilishlar imkoniyati bilan to‘ldirilishi mumkin.Uzilishlarga ega davriy tizimning bunday turi aralash tizim deb ataladi. Bu holda, davriy algoritm OT ning fon qismini shakllantiradi, ayni paytda tizimning ustivor qismi uzilishlar dasturi yordamida hosil qilinadi. Boshqaruvli uzilishli tizimlar: Uzilishlar tizimidan RVOT ni yaratishda foydalanish mumkin. Bunda, asosiy dastur dastlab tizimni shakllantiruvchi (konfiguratsiyasini hosil qiluvchi) initsializatsiya (tanishish) bosqichini o‘tkazadi, keyin tizim cheksiz davr holatiga o‘tadi. Davr ichida, protsessor uzilish hosil qiluvchi hodisalarni kutib turadi. Qachon uzilishga ayrim talablar kelganda, protsessor uzilishga ishlov berish dasturini bajaradi va har bir vazifa bilan bog‘liq bo‘lgan uzilishni amalga oshiradi. Agarda bir vaqtning o‘zida uzilishlar bir necha talab kelsa, 68HC12 mikroprotsesorga o‘rnatilgan ustivorliklar mexanizmidan foydalaniladi va qaysi vazifa oldin bajarilishi aniqlanadi. 68HC12 mikroprotsesordagi uzilishlar tizimining oqim mexanizmi vazifalar manti to‘g‘ri saqlanishi va uni qayta tiklanishini kafolatlaydi. Bunday uzilish turiga ega OT ni ifodalash oson. Uning afzalligi hodisaga xos uzilishni chaqiruvchi qisqa javob vaqtidan iborat. Tizimni uzilishga keladigan har bir talabga qarab vazifalar ustivorligini aniq baholaydigan qilib ishlab chiqish lozim. Dastur tuzishda vazifalar shunday yozilishi kerakki, go‘yoki ular uzluksiz bajariladi – o‘ziga to‘q yarim mustaqil dasturlar kabi, garchi ularning bajarilishi dispetcher orqali uzilib tursada. Ular boshqa dasturlarning kodlar bo‘limiga murojat etish imkoni bo‘lmasada, ular kodlarning umumiy qismiga murojat etishi mumkin, masalan S kutubxonalaridagi. Ular boshqa vazifalarning xizmat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har doim, RVOT buni amalga oshiradigan maxsus vazifalarga ega bo‘ladi. Juda oddiy holatlarda RVOT dasturlovchiga vazifaning ustivorligini o‘rnatish imkonini beradi. Statik (turg‘un) ustuvorliklardan foydalanganda ular o‘rnatilgan (fiksirlangan) hisoblanadi. Dinamik ustivorliklar holida, ustivorliklar dastur bajarilishi davomida o‘zgarishi mumkin. Ustivorliklarni aniqlashning bir usuli bu, tizim holati, muhit va foydalanuvchi uchun vazifaning qanchalik ahamiyatli ekanligidir. So‘ngra ustivorliklar quyidagicha o‘rnatilishi mumkin: - eng yuqori ustivorlik: tizimni mavjudligini ta’minlovchi vazifalar. - o‘rtacha ustivorlik: tizim to‘g‘ri (soz) ishlashini ta’minlovchi vazifalar; - Past ustivorlik: tizimni adekvat ishlashi uchun zarur vazifalar – vazifani bajarilishdan to‘xtatish va kechiktirish imkonini beradigan maqsadlar. Ustivorliklarni vazifalarni bajarish muddati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Bu holda, yuqori ustivorlik bajarilish muddatiga qattiq talab qo‘yilgan vazifalarga beriladi. Agarda vazifa bajarilishi jihatdan qattiq muddatga ega bo‘lsada, umumiy tizimning ishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmasa, umuman olganda unga past ustivorlikni belgilash mumkin. Download 357.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling