Shodieva melixolning genomika fanidan tayyorlagan
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
MELIXOL
TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALSHI 4-KURS 12-19-GURUH TALABASI SHODIEVA MELIXOLNING GENOMIKA FANIDAN TAYYORLAGAN REFARATI GENOMNI KARTALASHTIRISH Reja: 1. Genetik haritalash tarixi 2. Haritalashning dasturiy turlari. 3. Inson genomini haritalash Genetika jonli organizmlardagi nasldorlik va turlanishni oʻrganuvchi fandir . Hayvon va oʻsimliklarning baʼzi xususiyatlari nasldan naslga oʻtishi mumkinligi ibtidoiy jamiyat davridayoq maʼlum edi va bu bilimdan chorvachilik va dehqonchilikda tanlanma koʻpaytirish orqali qoʻllanilar edi. Biroq, zamonaviy genetika nasldorlik mexanizmlarini tushunadigan fan sifatida Gregor Mendel (19-asr) mehnatlaridan keyingina rivojlana boshladi. Mendel nasldorlik mustaqil funkciyalarga ega fundamental diskret jarayon ekanligini kashf etdi. Nasldorlikning ushbu asosiy birliklari hozirda „genlar― deb ataladi. Organizm hujayralarida genlar jisman DNK molekulalarida joylashgan boʻlib, oʻzida hujayra komponentlarini qurish va boshqarish uchun kerakli axborot tashiydi. Genetika organizmning koʻrinishi va hatti-harakatini belgilashda katta rol oʻynasa ham, umumiy natija nafaqat genlarga, balki organizmni oʻrab tugan atrof- muhitga ham bogʻliq boʻladi. Masalan, inson boʻyini faqatgina genlar emas, balki uning bolaligida olgan ozuqa va sogʻligʻi ham belgilaydi. Genetikaning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein kislotalar ( DNK , RNK ) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan iborat. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlikning paydo boʻlishi va uning organizmlar evolyutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq qilish ham genetikaning vazifalari qatoriga kiradi. Madaniy oʻsimliklarning serhosil navlari, hayvonlar va mikroorganizmlarning mahsuldor zotlari va shtammlarini yaratish; irsiy kasalliklarning paydo boʻlish sabablarini oʻrganish asosida ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; ekologik muhitning irsiyatga salbiy taʼsir etuvchi omillarini oʻrgaiib, genofondni saqlab qolishni genetik jihatdan asoslab berish genetika tadqiqotlarining amaliy muammolarini ifodalaydi. Statistik model asosida konsensus quradi. SHRiMP. SHRiMP2 dasturi yuqori aniqlikka qaratilgan, polimorfizmli qatorlarning taxririni o‗tkazadi va sekvenirlash xatoliklarini aniqlaydi. Smit-Vaterman algoritmidan foydalanadi, 1 versiyasi ketma-ketliklarni o‗qishni, 2 versiyasi esa genomni indeksatsiya qilishda foydalaniladi , shunga ko‗ra katta tezlikka ega. Illumina/Solexa, Roche/454 i AB/SOLiD kompaniyalari tomonidan ketma-ketliklarni o‗qishda va va parallel ravishda hisoblash ishlarini olib borishda qo‗llaniladi. SOAP. single-read va pair-end fragmentlarining taxririni bajaradi va asosan intronlarni aniqlashda qo‗llaniladi. 2way-BWT (2BWT) indeksini ishlatish qobiliyatiga ega. SOAP3 versiyasi GPU bilan ishlashga optimallashtirilgan va maxsus GPU-2BWT indeksidan foydalanadi. TopHat. RNA-seq taxrirlarini o‗qishga moslashgan, Bowtie bazasi asosida ishlab chiqilgan. Illumina Genome Analyzer tomonidan ishlab chiqilgan va boshqa dasturlar tomonidan ishlangan taxrirlar bilan ishlaydi. 75 nukleotid qatorlarigacha bo‗lgan nukleotid qatorlarini aniqlaydi, paired va single-end ni aralashtirishga yo‗l qo‗ymaydi. Normal inson karyotipining barcha xromosomalarining ideogrammalari sifatidagi grafik tasviri genetik haritalardan tashqari , boshqa xromosoma haritalari ham ishlab chiqilgan. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling