6-mavzu: O’rnatilgan tizimlarga uzilish ish tartibini joriy etish Uzilishlar mexanizmi


Ma’lumotlar va resurs (manba) lar himoyasi


Download 357.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.03.2023
Hajmi357.12 Kb.
#1312607
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu

Ma’lumotlar va resurs (manba) lar himoyasi: 


Ba’zi vazifalar ayni paytda bo‘linadigan bitta resursga murojat etishlari 
mumkin. Bu asbob obyekti (xotira va interfeys qurilmasini o‘z ichiga olgan), yoki 
umumiy dasturiy modul bo‘lishi mumkin. Bu holat ma’lum e’tiborni talab etadi. Bu 
holatdan chiqish usuli semafordan foydalanishni taqozo etadi. Semafor tegishli 
ravishda har bir bo‘linuvchi resursga taqdim etiladi – u ushbu resurs ayni paytda 
band yoki bo‘sh ekanligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. 
Ikki holatli semaforda, resursdan foydalanuvchi birinchi vazifa, resurs 
semaforini GO (BO‘SH) holatida topadi va uning holatini WAIT (KUTISH) 
holatiga o‘tkazadi va ushbu resursdan foydalana boshlaydi.Har qanday boshqa 
vazifa, birinchi vazifa resursdan foydalanish mobaynida to‘sib qo‘yilgan holatga 
o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. Qachon birinchi vazifa resursdan foydalanishni tugatsa, u 
semaforni GO (BO‘SH) holatiga qaytaradi. Bu bir – birini inkor etish konsensiyasiga 
olib keladi; qachon bitta vazifa resursga murojat etganda, boshqa hamma vazifalar 
ro‘yxatdan chiqariladi. 
Hisobli semafor o‘xshash resurslar to‘plami mavjudligida qo‘llaniladi, 
masalan-printerlar guruhi. Bunda, semafor dastlab resurs birliklari soniga 
o‘rnatiladi. Agarda, biror bir vazifa resursning bitta birligini ishlatsa, u svetoforni 
dekrementlaydi (qisqartiradi) va resurs birligidan foydalanish tugashi bilan uni 
inkrementlaydi (orttiradi). 
Svetaforni WAIT (KUTISH) holatga o‘rnatish ta’siri shundan iboratki, 
boshqa vazifa to‘sib qo‘yilgan holatga o‘tadi. Bu degani, svetofor vazifalarni 
bajarishni sinxronlash (moslashtirish) vositasi sifatida foydalaniladi, hamda turli 
vazifalar orasida signallarni uzatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bitta vazifa svetofor 
o‘rnatilishi bilan boshqasini to‘sib qo‘yadi va tegishli paytda svetofordan halos etish 
orqali bo‘shatadi. 
Semafordan foydalanib, past ustivorli vazifa hamma narsatini o‘zgartib 
yuborishi mumkin. Agar past ustivorli vazifa yuqori ustivorli vazifaga kerak bo‘lgan 
resursga semafor o‘rnatsa, u holda u vazifani to‘sib qo‘yadi. Bu esa xavfli 
“ustivorliklar inversiyasi” degan holatni yuzaga keltiradi.


RVOT nazariyasi har xil ilovalar uchun maxsus harakterga ega bo‘ladi. 
Barcha holatlardagi kabi, har qanday nazariya real holatlarga qo‘llanganda alohida 
ma’no kasb etadi. 
Aytilganlardan quyidagi xulosa qilish mumkin: 

ko‘pvazifalik talabi, deyarli barcha ulangan tizimlarga xos tabiiylik
ba’zi bir muhim konsepsiya(mohiyat)lar – vazifalar, bajarilish muddatlari va 
ustivorliklar.

Real vaqt rejimida ishlaydigan tizim – bu ma’lum turdagi faollikka ega 
bo‘lgan va bajarilish muddatlarini ta’minlaydigan tizimdir. 

oddiy ko‘pvazifalik real vaqt tizimlarini ketma-ket dasturlashdan 
foydalanib shakllantirish mumkin. 

murakkabroq ko‘pvazifalik real vaqt tizimlari RVOT dan foydalanishni 
talab etadi. 

RVOT 
dan 
foydalanish, 
dasturlarning 
ma’lum 
tartibda 
strukturalashuvini talab etadi, va bunda dasturlovchi operatsion tizim asosida yotgan 
tamoyillarni aniq tasavvur etishi lozim.

Download 357.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling