6-mavzu: O’rnatilgan tizimlarga uzilish ish tartibini joriy etish Uzilishlar mexanizmi


Download 357.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi357.12 Kb.
#1312607
  1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu



6-mavzu: O’rnatilgan tizimlarga uzilish ish tartibini joriy etish 
 
Uzilishlar mexanizmi 
2 xil rejimlar mavjud 
1-uzilish rejimi 
2-xotiraga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat rejimi.
Agar umumiy dasturga portga kelib tushayotgan impulslar so‘rovlar natijasida 
protsessor boshqa operatsiyalar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Natijada bir 
qancha impulslar o‘tkazib yuborilishi mumkin. Ana shunday holatlarni bartaraf etish 
maqsadida xam uzilishlar mexanizmi o‘ylab topilgan. 
Ixtiyoriy protsessor xech bo‘lmaganda bitta maxsus uzilishlarga so‘rovlar 
kirishiga ega bo‘ladi. Aynan shu kirishga hisoblarni amalga oshirishda impulslarni 
berish kerak. Uning natijasida asosiy dastur uziladi va boshqaruv uzilishlarni qayta 
ishlash protsedurasiga uzatiladi. Ushbu dastur asosiy dasturning asosiy qismlaridan 
biri hisoblanadi. Ular uchun maxsus komandalar tizimi mavjud. 
 
O‘rnatilgan OTlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari. O‘rnatilgan tizimlar 
vositasi sifatida real vaqt operatsion tizimlari o‘z yadrosida qo‘llanilgan 
dispetcher/rejalashtirgich zanjirining algoritm turi bilan harakterlanadi. RVOT ning 
nomi deyarli yorqin darajada uning algoritmini ifodalaydi. RVOT algoritmlarining 
qiyosiy obzorini o‘tkazamiz. 
Ta’kidlash zarurki, ko‘rilayotgan RVOT algorimlarining hech qaysi birining 
bir-biridan ustunligi yo‘q. Eng mos keluvchi algoritmni tanlash bu RVOT tizimini 
yaratayotgan dasturlovchining vazafasidir. 
Davriy so‘roqli tizim: 
Aylanma so‘roqli tizim RVOT ning eng oddiy rejalashtirish yadrosini tashkil 
etadi, ishlab chiqish uchun ham, hamda bajarish uchun ham. Nomidan ko‘rinib 
turibdiki, ushbu vazifa bajarilishi uchun zarur protsessor vaqtini aniqlash uchun 
ketma-ket so‘rov mexanizmidan foydalaniladi. Agar maqsad shuni talab etsa, ushbu 


vaqt boshidan oxirigacha ta’minlanadi. Vazifa tugashi bilanoq, operatsion tizim 
protsessor vaqtini talab etadigan boshqa vazifalarning so‘rovini boshlaydi. 
Davriy so‘rov tizimlaridan, teng ustivorli ko‘pmaqsadli tizimlarni 
boshqarishda foydalaniladi. Bunday tizimlar yana ayni paytda protsessor vaqtini 
talab etmaydigan vazifali tizimlar uchun ishlatiladi. Chunki yakka vazifa oxirigacha 
bajariladi va bunday tizimlarda maqsadlar orasidagi bog‘liqlik talab etilmaydi. 
Davriy so‘rov tizimlarining ustunligi - uning oddiyligidadir. Bu turdagi tizim 
bilan maxsus vazifaning ishga tushish vaqtini aniqlash oson va tizimni ifodalash va 
sozlash oson. Bu tizimning asosiy nuqsoni ham - uning oddiyligidir. 
Davriy so‘rov tizimlarini bir vaqtning o‘zida protsesor vaqtini talab etadigan 
bir necha maqsadlar - hodisalar paketi ustida ishlay olmaydi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, aylanma so‘rov tizimi RVOT ishlash ssenariysining eng yaxshi tanlovi 
emas. Unga xos bir qator jiddiy cheklashlar mavjud, ammo ba’zi bir ilovalar uchun 
ideal mos keladi.

Download 357.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling