6-mavzu: O’rnatilgan tizimlarga uzilish ish tartibini joriy etish Uzilishlar mexanizmi


Download 357.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi357.12 Kb.
#1312607
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu

Aralash tizimlar: 
Biz yuqorida ko‘rganimizdek, karusel so‘rov tizimi ustivor uzilishlar 
imkoniyati bilan to‘ldirilishi mumkin.Uzilishlarga ega davriy tizimning bunday turi 
aralash tizim deb ataladi. Bu holda, davriy algoritm OT ning fon qismini 
shakllantiradi, ayni paytda tizimning ustivor qismi uzilishlar dasturi yordamida hosil 
qilinadi. 
Boshqaruvli uzilishli tizimlar: 
Uzilishlar tizimidan RVOT ni yaratishda foydalanish mumkin. Bunda, asosiy 
dastur dastlab tizimni shakllantiruvchi (konfiguratsiyasini hosil qiluvchi) 
initsializatsiya (tanishish) bosqichini o‘tkazadi, keyin tizim cheksiz davr holatiga 
o‘tadi. Davr ichida, protsessor uzilish hosil qiluvchi hodisalarni kutib turadi. Qachon 
uzilishga ayrim talablar kelganda, protsessor uzilishga ishlov berish dasturini 
bajaradi va har bir vazifa bilan bog‘liq bo‘lgan uzilishni amalga oshiradi. 
Agarda bir vaqtning o‘zida uzilishlar bir necha talab kelsa, 68HC12 
mikroprotsesorga o‘rnatilgan ustivorliklar mexanizmidan foydalaniladi va qaysi 


vazifa oldin bajarilishi aniqlanadi. 68HC12 mikroprotsesordagi uzilishlar tizimining 
oqim mexanizmi vazifalar manti to‘g‘ri saqlanishi va uni qayta tiklanishini 
kafolatlaydi. Bunday uzilish turiga ega OT ni ifodalash oson. Uning afzalligi 
hodisaga xos uzilishni chaqiruvchi qisqa javob vaqtidan iborat. Tizimni uzilishga 
keladigan har bir talabga qarab vazifalar ustivorligini aniq baholaydigan qilib ishlab 
chiqish lozim.
Dastur tuzishda vazifalar shunday yozilishi kerakki, go‘yoki ular uzluksiz 
bajariladi – o‘ziga to‘q yarim mustaqil dasturlar kabi, garchi ularning bajarilishi 
dispetcher orqali uzilib tursada. Ular boshqa dasturlarning kodlar bo‘limiga murojat 
etish imkoni bo‘lmasada, ular kodlarning umumiy qismiga murojat etishi mumkin, 
masalan S kutubxonalaridagi. Ular boshqa vazifalarning xizmat ko‘rsatishiga 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har doim, RVOT buni amalga oshiradigan maxsus 
vazifalarga ega bo‘ladi. 
Juda oddiy holatlarda RVOT dasturlovchiga vazifaning ustivorligini o‘rnatish 
imkonini beradi. Statik (turg‘un) ustuvorliklardan foydalanganda ular o‘rnatilgan 
(fiksirlangan) hisoblanadi. Dinamik ustivorliklar holida, ustivorliklar dastur 
bajarilishi davomida o‘zgarishi mumkin. Ustivorliklarni aniqlashning bir usuli bu, 
tizim holati, muhit va foydalanuvchi uchun vazifaning qanchalik ahamiyatli 
ekanligidir. So‘ngra ustivorliklar quyidagicha o‘rnatilishi mumkin: 

eng yuqori ustivorlik: tizimni mavjudligini ta’minlovchi vazifalar. 

o‘rtacha ustivorlik: tizim to‘g‘ri (soz) ishlashini ta’minlovchi vazifalar;

Past ustivorlik: tizimni adekvat ishlashi uchun zarur vazifalar – vazifani 
bajarilishdan to‘xtatish va kechiktirish imkonini beradigan maqsadlar. 
Ustivorliklarni vazifalarni bajarish muddati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish 
mumkin. Bu holda, yuqori ustivorlik bajarilish muddatiga qattiq talab qo‘yilgan 
vazifalarga beriladi. Agarda vazifa bajarilishi jihatdan qattiq muddatga ega bo‘lsada, 
umumiy tizimning ishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmasa, umuman olganda 
unga past ustivorlikni belgilash mumkin. 

Download 357.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling