6 Mavzu: O’simliklar hayotida fosforning roli reja


Paxtaning o’sib rivojlanishi davrida uning organlarida to’plangan azot va fosfor miqdori (quruq moddaga nisbatan % hisobida Belousov ma’lumoti)


Download 54.27 Kb.
bet3/3
Sana19.03.2023
Hajmi54.27 Kb.
#1284625
1   2   3
Bog'liq
6 (2) (2)

Paxtaning o’sib rivojlanishi davrida uning organlarida to’plangan azot va fosfor miqdori (quruq moddaga nisbatan % hisobida Belousov ma’lumoti)



Analiz uchun o’simlik namunasi olingan muddat



Paxta qism- lari

O’gitlanmaganda



Mineral o’git solinganda



Go’ng solinganda



N

P2O5

N

P2O5

N

P2O5

2-3 chin bargda (20- may)

poyada

1,228

0,615

1,403

6,662

1,573

0,655

bargda

2,670

0,825

2,800

0,871

3,475

0,921

Yoppasiga shonalashuv davrida (26 iyun)

poyada

0,984

0,654

1,300

0,648

0,994

0,655

bargda

2,660

0,977

3,252

1,102

2,952

1,074

Qiyg’os gullash davrida (27- iyul)

poyada

0,491

0,428

0,786

0,452

0,574

0,502

bargda

2,021

0,795

2,904

0,742

2,313

0,978

chanoqda

1,524

0,899

2,120

0,924

1,704

1,021

Hosil tugish
davrida (28- avgust)

hosilda

1,335

0,984

1,665

0,957

1,432

1,021

poyada

0,412

0,266

0,605

0,381

0,554

0,422

bargda

1,450

0,758

2,027

0,602

1,797

1,429

chanoqda

0,720

0,505

1,932

0,670

0,889

0,863

Ko’sak ochilish davrida.
(17-sentyabr)

hosilda

1,286

0,951

1,650

0,944

1,471

1,037

poyada

0,466

0,227

0,612

0,357

0,534

0,391

shoxda



















bargda

1,361

0,569

1,604

0,466

1,382

1,262

chanoqda

0,656

0,370

1,140

0,479

0,763

0,832

hosilda

1,301

0,948

1,854

0,914

1,394

0,994

Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki, paxta organlaridagi fosfor miqdori, azot miqdoriga nisbatan farq qiladi. O’g’itlanmagan (kontrol) va mineral o’g’it solingan variantlarda, g’o’za barglarida fosfor miqdori ikki-uch chinbargdan so’nggi fazalar tomon kamayib borgan. Go’ng solingan variantda esa, bunday hol kuzatilmagan.


Hozirgi kunda O’zbekistonning hamma viloyatlarida agrokimyo xizmati laboratoriyalari mavjud bo’lib, har bir xo’jalikning ekin ekiladigan maydonlaridagi fosfor, kaliy va boshqa bir qator elementlar miqdori aniqlanib, agroximkartogrammalar tuzilgan. Fosfor o’g’itining Tuproqdagi yillik me’yorini belgilashda, agrokimyo analiz natijalari hisobga olinishi lozim. Shuningdek, fosfor me’yori, azot me’yoriga mos kelish ham muhimdir, Masalan, har gektaridan 35-40 sentner hosil olish uchun azotga nisbatan fosforning miqdori 1:0,7 nisbatda bo’lishi kerak. Paxtachilikda mineral o’g’itlardan foydalanish, ayniqsa, paxta-beda almashlab ekishda, bedaning tuproq tarkibidagi azot miqdorini oshirishini hisobga olib, azotga nisbatan fosfor miqdorini quyidagicha belgilash tavsiya etiladi. (72-jadval).
72-jadval
Har xil me’yordagi fosforli o’g’itlarning paxta hosiliga ta’siri (muallif ma’lumoti, Termiz-7 navida)





Mineral o’g’itning yillik me’yori, kg/ga

Bosh poya baland, sm

Barglar soni

Hosil shoxlar soni

Ko’saklar soni

Hosil, s/ga

P2O5

N

K2O

1.09

1.06

1.09

1.09




1

2

3

4

5

6

7

8

9

Bedadan keyingi birinchi yil (1978 y)



1

0

250

125

77,2

5,1

15,9

16,1

37,5

2

125

250

125

80,5

5,2

16,6

16,7

39,7

3

250

250

125

82,8

5,8

16,6

17,5

43,9

4

375

250

125

85,5

6,1

17,4

18,1

44,5

Bedadan keyingi ikkinchi yil (1979 y)



1

0

250

125

80,2

5,0

16,7

17,0

39,8

2

125

250

125

93,2

5,1

. 16,4

17,4

43,5

3

250

250

125

88,1

5,7

17,9*

17,8-

43,4

4

375

250

125

90,7

6,3

17,8

18,4

44,0

Bedadan keyingi uchinchi yil (1980 y)



1

0

250

125

84,5

5,0

17,4

14,9

39,1

2

125

250

125

87,4

5,2

17,6

15,7

43,5

3

250

250

125

89.8

5,5

18,1

17,6

46,1

4

375

250

125

90,5

5,3

18,0

17,8

46,3

Bedadan keyingi to’rtinchi yil (1981 y)



1

0

250

125

82,5

4,6

14,6

13,9

34,6

2

125

250

125

86,0

5,0

16,4

15,1

41,2

3

250

250

125

90,4

5,3

17,9

17,9

47,6

4

375

250

125

88,9

5,01

18,2

17,7

45,8

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, bedadan keyingi birinchi va ikkinchi yillarda haqiqatan ham fosforning azotga nisbati 1,5:1, ya’ni gektariga 250 kg azot va 375 kg fosfor solinganda, 250 kg fosfor solinganiga yoki 1:1 nisbatga nisbatan fosfor hisobidan, gektariga 0,6 sentnerdan yuqori hosil olingan bo’lsa, to’rtinchi yilga borib, bu ko’rsatkich 1,8 sentnerga kamayib ketgan (3-4 variant). Bunga sabab, yil o’tishi bilan tuproq tarkibidagi beda hisobidan to’plangan azotning miqdori kamayib, tuproqda solingan fosfor hisobidan fosforning miqdori azotga nisbatan orta borgan. Natijada azot va fosfor orasidagi nisbat buzilib, hosilning kamayishiga sabab bo’lgan.




3. Fosforli o’g’itlar. Fosfor litosferada kimyoviy elementlarning 0,08% ni, tuproqda esa 0,09% ni tashkil etib, tuproq tarkibida asosan biogen element sifatida organik birikmalar, jumladan gumus (chirindi) tarkibida to’planadi. Tuproq tarkibidagi fosfor apatit - [Ca10(FeCl) (PO4)2], vivanit - [Fe3(PO4)2-8H2O], fosforit [Ca3(PO4)2] va boshqa bir qator minerallar tarkibida uchraydi. Apatit Ca10(FeCl) (PO4)2 Tuproq tarkibidagi fosforli birikmalarning asosiy manbai hisoblanib, yer qobig’ida tarqalgan fosforning deyarli 95% ni tashkil etadi. Fosforning asosiy qismi tuproqning ustki qatlamida to’planadi.
O’rta Osiyo va Qozog’istonni fosforli o’g’itlar bilan ta’minlovchi tabiiy kon Qoratov koni bo’lib, bu kondagi fosforit zaxirasi bir milliard tonnani tashkil etadi. Qoratov konidagi fosforitlar o’zining mineralogik va kimyoviy tarkibi jihatidan MDH ning boshqa konlaridagi apatitlardan farq qiladi. Qoratov fosforitlarining kimyoviy tarkibi quyidagicha P2O5-26÷30%; Fe, Al, P2O3-2,0÷2,5%; MgO-1,2÷5,7%; CaO- 42,0÷48,0%; CuO-2,2÷12,4%; MnO-0,1÷0,7%.
Petrografik tarkibi jihatidan Qoratov fosforitlari rang-barang bo’lib, asosan kalsiy, dolomit, temir oksidlari va kam miqdorda organik moddalar aralashgan mayda kristall fosforitlardan iboratdir. Oddiy nordon superfosfat ishlab chiqaradigan superfosfat zavodlarida fosforitlar kislota bilan ishlanadi. Bunda fosforit rudasida dolomitlashgan ohak-tosh mavjudligi, olinadigan superfosfat tarkibida namni kuchli o’ziga tortib oladigan (gigroskopik) monomagnitfosfat tuzining hosil bo’lishiga olib keladi. Shu sababli ham Qoratov fosforitlaridan tayyorlangan superfosfatlar tezda burda-burda bo’lib, qotib qolish xususiyatiga ega. Fizik xossasi apatitli xomashyodan tayyorlangan superfosfatlarga nisbatan yomonroq. Bundan tashqari, tabiiy fosfor konlari Belorussiya, Kavkaz, Kaluga, Estoniya, Saxalin va Boshqirdistonda bor. Bu konlardan olinadigan fosforitlar tarkibidagi sof fosfor miqdori turlicha. Masalan, Qoratov fosfor konidan olinadigan fosforit tarkibida P2O5 ning miqdori 26-30% ni tashkil etsa, bu ko’rsatkich Yegorev fosfor konida 16-25% ni tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, barcha fosforli o’g’itlar asosan, apatit va fosforitlardan olinadi. Hozirgi kunda fosforli o’g’itlarning bir necha turi mavjud bo’lib, ulardan qishloq xo’jaligida eng muhimlari quyidagilardir.
Fosforit yoki apatit uni ([Ca10(PO4)6- [(OH)-F]2 tarkibida 16-35% P2O5 mavjud.
Fosforning tabiiy birikmalari, kukun holatdagi fosforit yoki apatitdan iborat bo’lib, undagi fosfor suvda juda yomon eriydigan, demak, o’simliklar o’zlashtira olmaydigan uchlamchi fosfat Ca3(PO4)2 holida bo’ladi. Bu o’g’it kislotali muhitga ega tuproqlarga solinsa, asta-sekin erib, o’simlikning fosforga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Kislotali muhitga ega bo’lmagan tuproqlarga bu o’g’itni solish yaramaydi. Chunki uni o’simliklar o’zlashtira olmaydi. O’rta Osiyoning karbonatli bo’z va taqir tuproqlarida, qalin qora tuproqlarda u ijobiy natija bermaydi. Ammo kislotali muhitga yega podzol tuproqlarda u juda foydali bo’lib, o’simlik tomonidan yaxshi o’zlashtirilishi bilan birgalikda, tuproqning kislotaligini ham pasaytiradi. Agarda bu o’g’it ayni tuproqlarga yetarli miqdorda solinsa, uning ijobiy ta’siri so’nggi yillarda ham saqlanadi.
Gorkiy tajriba stantsiyasining ma’lumotlariga ko’ra, gektariga 3,0-4,5 s fosforit uni solinganda, bahori bug’doydan har gektardan 4,3 s; kuzgi bug’doydan 3,2; kartoshkadan 51,0; bug’doy somonidan 9,0 sentnerdan qo’shimcha hosil olingan. Mazkur o’g’it har gektar yerga 60-90 kg (sof holda) belgilanib, go’ng yoki torf bilan aralashtirib solinsa yanada samarali bo’ladi.
Fosforit uni kislotali muhit tuproqlarga solinganda, kislotalarda erib, ikkilamchi fosfat holatiga o’tadi va shundan so’ng u o’simliklar tomonidan oson o’zlashtiriladi:
Ca3(PO4)2 + 2H2CO3 2CaHPO4 + Ca(HPO3)2.
Oddiy superfosfat [(Ca(H2PO4)2-H2O + H2PO4 + CaSO4)]

Oddiy superfosfat muhim fosforli o’g’it bo’lib, 57% li sulfat kislotani maydalangan fosforli xomashyoga ta’sir yettirilib olinadi. Bunda 1 t xomashyo uchun 1 t sulfat kislota sarf bo’ladi. Natijada 2 ta fosforli o’g’it hosil bo’ladi.

([Ca3(PO4)2] CaF2) + 7H2SO4+3H2O = 3Ca(H2PO4)2+ H2O + 7CaSO4+2HF yoki


Ca3 (PO4) + 2H2SO4 Ca (H2PO4) 2 + 2CaSO4.

Reaksiya natijasida hosil bo’lgan gips va kalsiy digidrofosfatdan iborat aralashma oddiy superfosfat deb ataladi. Oddiy superfosfat - suvda yaxshi eriydigan tuz bo’lib, uni o’simlik oson uzlashtiradi. Shu sababli ham u muhim fosforli o’g’it hisoblanadi. Lekin tarkibidagi gips (CaSO4) o’simliklar uchun foydasiz modda bo’lganligi uchun, bu o’g’itni transportlar yordamida tashishda ortiqcha yuk hisoblanadi. Bu o’g’it oq rangli bo’lib, bosilib qolmaydi, boshqa mineral o’g’itlar bilan yaxshi aralashadi. Asosan, yopiq vagonlarga uyub olib kelinadi. Talqonsimon superfosfat tarkibida 19,0-19,5 %, donadorida esa 20% miqdorida sof fosfor bor.


Qo’sh superfosfat [Ca(H2PO4)2•H2O + H3PO4].


Tarkibi faqat kalsiy digidrofosfatdan iborat qimmatli o’g’itdir. Qo’sh superfosfat tarkibida gips bo’lmaydi, ya’ni o’g’it gipssiz tayyorlanadi. Bunda bir molekula tabiiy fosforitga (Ca3(PO4)2) uch molekula H2SO4- sulfat kislota ta’sir ettiriladi.


Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 3CaSO4 + 2H3PO4

Hosil bo’lgan fosfat kislota CaSO4 cho’kmasidan ajratib olinadi va fosforitga ta’sir ‘ttiriladi:


Ca(PO4)2 + 4H3PO4 3Ca(H2PO4)2

Bunday usul bilan olingan superfosfat tarkibida CaSO4 - gips bo’lmaydi. Faqat kalsiy digidrofosfatdan iborat bo’lgan o’g’it qo’sh superfosfat deb ataladi. Bu o’g’it oq rangli donador bo’lib, tarkibida o’rtacha 45% sof fosfor mavjud. Superfosfat O’zbekistonda Samarqand va Qo’qon, Qozog’istonda Jambul va Turkmanistonda Chorjuy superfosfat zavodlarida tayyorlanadi. Qo’sh superfosfatning asosiy afzalligi shundaki, uning tarkibida keraksiz (ballast) moddalar nisbatan kam. Bu esa, oziq modda birligini tashib keltirish, yuklash, tushirish va saqlash uchun ketgan harajatni kamaytiradi, kam joy talab etadi, o’g’itni tuproqqa solish uchun ketgan harajatni kamaytiradi. Demak, qo’sh superfosfatni ishlatish oddiy superfosfatga nisbatan, istisodiy jihatdan ancha foydalidir.


Ammiaklashtirilgan superfosfat (CaHPO4+NH4 H2PO4+CaSO4).

Ammiaklashtirilgan superfosfat-apatit va Qoratov fosforitlaridan olinadi. U fizik va kimyoviy xususiyatlarining afzalligi, agrokimyoviy samaradorligining yuqoriligi bilan ajralib turadi.. Ammiaklashtirilgan superfosfat quruq, sochiluvchan mahsulot bo’lib, ma’lum darajada donalashtirilgan. Tarkibida 14,0-18,7% fosfor va 2,0-2,5% azot bor.


Bu tur superfosfat quyidagi sxemaga binoan olinadi:


H3PO4 + NH3 NH4H2PO4 + 27 kkal.

Bu o’g’it Qo’qon va Samarqand superfosfat zavodlarida ishlab chiqariladi. Bir qator ilmiy tekshirish muassasalarida o’tkazilgan tajribalar natijasiga ko’ra ammiaklashtirilgan superfosfat oddiy superfosfatga qaraganda, paxta hosilini gektariga 3 s, kartoshkani esa 9-16 s ga oshiradi.


Pretsipitat- CaHPO4-2H2O.


Presipitat suvda kam eriydigan kalsiy gidrofosfatdan iborat bo’lib, kukun holatdagi ohaktosh (CaCo3) yoki so’ndirilgan ohak (Ca(OH)2) fosfat kislota ta’sir yettirib olinadi.




2CaCO3 + 2H2PO4 2CaHPO4 • 2H2O + 2CO2 ,
yoki

Ca(OH)2 + H3PO4 CaHPO4•2H2O

Pretsipitat oq kukun bo’lib, havoda saqlanganda nam tortib, yopishib qolmaydi. Tarkibida 30-35% P2O5 bor. Bu o’g’it kuchsiz kislotali tuproqlarga solinganda, yuqori samara beradi, ya’ni o’simliklar tomonidan yaxshi. o’zlashtiriladi, oq quruq kukun holida bo’ladi. Pretsipitatni chorva ozig’i va fosforli o’g’itlarga qo’shimcha qilib ishlatsa ham bo’ladi.


Pretsipitatning qimmatli xususiyati shundaki, bu o’g’it tuproqning kislotaliligini pasaytiradi. Uni aralash va murakkab o’g’it olishda ham ishlatsa bo’ladi. U nisbatan neytraldir.
Termik fosfat (ftordan tozalangan fosfatlar).
Tabiiy fosforitni turli qo’shimchalar (soda, natriy sulfat) bilan birga, yuqori haroratda suyuqlashtirib, fosforit tarkibidagi ftor ajratib tashlanadi. Natijada tarkibida 32% ga qadar P2O5 bo’lgan o’g’it - termofosfat hosil bo’ladi.
Tomasshlak. Temir rudalarini qayta ishlashda fosforga boy qo’shimcha mahsulot, kalsiy oksidi va fosfat angidridlari - tomasshlak hosil qiladi. Bu usul tomas usuli deb ataladi. Tomasshlak alyuminiy, temir, magniy, vanadiy, marganes, molibden va boshqa elementlarga boy bo’lib, u o’g’it sifatida ishlatilsa o’simliklarning mikroelementlarga bo’lgan ehtiyoji kamayadi. Tomasshlak ishqoriy muhitga ega bo’lib, kislotali tuproqlarga solinganda ancha ijobiy natija beradi.
Fosforit uni - fosforli o’g’it, fosforitlardan kukun holida ishlab chiqariladi, tuproq nordonligini pasaytiradi, suvda erimaydi. Tarkibida o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan va CaCO3, CaJ2 aralashgan Ca3(PO4)2 shaklidagi 19-30% P2O5 bor. Nordon, botqoqi, qumloqli tuproqlarda qo’llaniladi (bir necha yil ta’sir qiladi). Tuproqdagi kislota, mikroorganizmlar faoliyati, o’simliklar ildizi ajratadigan moddalar ta’sirida fosforit uni tarkibidagi fosfor o’simliklar o’zlashtira oladigan Ca(H2PO4)2 • H2O shakliga o’tadi. Fosfor unini ko’pgina ekinlar uchun qo’llash mumkin. Dukkakli ekinlarga yaxshi ta’sir qiladi.


Nazorat savollari:

  1. O’simliklar hayotida fosforning o’rni nimada?

  2. O’simliklarning fosforga talabchanlik etaplarini ayting.

  3. Qanday fosforli o’g’itlarni bilasiz?

Download 54.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling