6 Mavzu: O’simliklar hayotida fosforning roli reja
Download 54.27 Kb.
|
6 (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Fosfatidlar
6 - Mavzu: O’SIMLIKLAR HAYOTIDA FOSFORNING ROLI Reja: O’simliklar hayotida fosforning ahamiyati. O’simliklarning fosforga talabchanligi tabiiy manbasi. Fosforli o’g’itlar. Tayanch so’zlar: Fosfor, o’simliklar oziqlanishi, organik birikmalar, organik birikmalar, ortafosfat kislotasi, muhit, tuproqlar. 1. O’simliklar hayotida fosforning ahamiyati. Fosfor o’simliklar oziqlanishida eng muhim elementlardan bo’lib, har qanday organizm fosforsiz hayot kechira olmaydi. Chunki o’simliklarda kechadigan modda almashuv jarayonining asosiy qismi (sintetik jarayonlar) faqat fosfor kislotasining ishtirokida amalga oshadi. O’simliklarda fosfor organik va mineral moddalar tarkibida bo’ladi. Mineral formadagi fosfor o’simliklarda ortafosfat kislotasining kalsiy, kaliy va magniy tuzlari shaklida uchraydi. O’simliklar fosforni Tuproqdan ortafosfat kislotasining anionlari shaklida o’zlashtiradi. Fosforning bir qismi o’simliklarga organik birikmalar (efir, qand, kislota va spirtlar) holida kiradi. O’simliklar tomonidan o’zlashtirilgan fosforning bir qismi o’simlik tarkibida erkin ion holda qoladi. Ikkinchi bir qismi esa, tarkibida fosfori bo’lgan murakkab birikmalar hosil bo’lishida qatnashadi. O’simliklar tarkibida DNK va RNK mavjud bo’lib, ularning tarkibida, asosan azot va fosfor mavjud bo’lsa, lipoidlar, fosfatidlar, fitinlar kabi bir qator organik moddalar tarkibini asosan fosfor tashkil etadi. Fosfatidlar fizik va kimyoviy xossalari bilan moylarga o’xshaydi va ulardan tarkibida fosfor va azot borligi bilan farq qiladi. Fosfatidlar O’simliklarning xo’jayra membranalari strukturasini hosil qilishda ishtirok etadi. O’simliklarni fosfor bilan oziqlashni me’yorining ortishi bilan o’simlik tarkibidagi fosfatidlar miqdori ham osha boradi. Ular protoplazmaga ijobiy ta’sir etib, o’simlikning suv rejimi va modda almashuv jarayonini yaxshilaydi. Download 54.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling