6 Mavzu: O’simliklar hayotida fosforning roli reja
Download 54.27 Kb.
|
6 (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’simliklarning fosforga talabchanligi. fosforning tabiiy manbasi.
Fitin - zaxira modda bo’lib, inozitfosfat kislotasining magniyli tuzidir. Uning tarkibidagi fosfor miqdori salmoqli bo’lib, o’simliklarning yosh organlari, to’qimalari va urug’ida ko’p bo’ladi. Chigit tarkibida 1,13-2,64% fitin moddasi bo’ladi.
Fitin oson gidrolizlanib, fosfat kislotasi hosil qiladi. Fosfat kislotasi o’simliklarni unib chiqishi davrida fosfor elementi bilan ta’minlab turadi. O’simlik to’qimalarida mavjud yana bir fosfor birikmasi glyukofosfatitdir. Bu birikma o’simlikning nafas olishi, fotosintez jarayoni, oddiy moddalardan murakkab uglevodlarning biosintezlanishida, uglevodlarning o’zgarishida va boshqa bir qator hayotiy hodisalarda muhim rol o’ynaydi. Glyukofosfatlarning miqdori o’simlik yoshi va oziqlanish sharoitiga qarab, 0,1-1,0% atrofida bo’ladi. Shuningdek, sintetik jarayonlarning borishi, ya’ni oqsillar, yog’lar, kraxmal va saharozaning biosintez qilinishda ancha energiya sarf bo’ladi. O’simliklarda fosfor yetishmagan sharoitda fotosintez, nafas olish va modda almashuv jarayonlari buziladi. O’simliklarda organik moddalar tarkibidagi fosfordan tashqari, anorganik fosfatlar ham bo’ladi. O’simliklarda fosforning ahamiyati yana shundan iboratki, u organizmda azotli moddalarning almashinuvini tartibga solib turadi. O’simliklarni oziqlantirishda azot bilan fosfor orasidagi nisbati ma’lum miqdorda bo’lishi lozim. Demak, fosfor o’simlikda kechadigan deyarli hamma jarayonlarda bevosita ishtirok etib, o’simliklar fosfor bilan yetarlicha ta’minlangandagina, undan yuqori hosil olish mumkin bo’ladi. 2. O’simliklarning fosforga talabchanligi. fosforning tabiiy manbasi. O’simliklar uchun fosforning asosiy manbai ortofosfat kislotasining kalsiy va magniyli tuzlari bo’lib, o’simliklar bu tuzlardan turli darajada foydalanadi. Shuningdek, o’simliklar meta- va pirofosfatlardan ham foydalanishi mumkin. Tuproqda uchraydigan bir valentli kationlarning ortofosfat kislotasi bilan hosil qiladigan tuzlari suvda yaxshi eriydi. Uni o’simliklar oson o’zlashtiradi. Metafosfat kislotaning bir valentli kationlari bilan hosil qiladigan tuzlari ham suvda yaxshi eriydi. Ikki valentli kation fosfatlardan ortafosfat kislotasining ba’zi bir tuzlari suvda erisa, boshqa tuzlari suvda erimaydi va ularni o’simliklar qiyinchilik bilan o’zlashtiradi yoki mutlaqo o’zlashtira olmaydi. O’simliklar hayotining boshlang’ich davrida, fosforga o’ta talabchan bo’ladi. O’simlik urug’dan (chigitdan) unib chiqish fazasida fosfor bilan to’la ta’minlanmasa, keyin qo’shimcha oziq berish bilan bu kamchilik o’rnini qoplab bo’lmaydi. Bu xol esa o’simliklarda kechadigan o’sib rivojlanish jarayonini susaytiradi, organik kislotalar hosil bo’lish jarayonini sekinlashtiradi yoki umuman to’xtatadi, tuproqdan azotning o’zlashtirilishga halaqit beradi va nihoyat hosildorlikning keskin kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Bunday hollarni paxtada ham kuzatish mumkin. Masalan, g’o’za chigit tarkibidagi mavjud fosfor hisobidan unib chiqadi. Agar ekish bilan birga fosforli o’g’it solinmasa hamda tuproqda fosforning suvda eruvchi formalari yetarli miqdorda bo’lmasa, yosh niholning o’sib rivojlanishi sustlashadi yoki rivojlanishdan umuman to’xtaydi. M.A.Belousov tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, paxta urug’barg chiqargan paytdan,. bir juft chinbarg chiqaradigan davrga qadar, fosforli o’g’it berilmaganda paxtaning o’sib rivojlanishi keskin susaygan, hosil bo’lgan barglar rangsizlangan va hosil sezilarli darajada kamaygan. Paxtaning o’sib rivojlanishi davrida o’g’itlar turiga qarab, tarkibida qancha miqdorda fosfor saqlay olishini 71-jadvaldan ko’rish mumkin. 71-jadval Download 54.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling