6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Kategoriya tushunchasi va uning turlari
Download 237.5 Kb.
|
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari
Kategoriya tushunchasi va uning turlari. Kategoriya so‘zi qadimgi yunon tilidan olingan: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi.
Falsafa tarixida ilk bor kategoriyalarni Arastu ta’riflagan. Uning «Kategoriyalar» asarida ularni turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohladi. Umuman, Arastugacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shin, mamlakat va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish muhim bo‘lgan. Hatto Yunonistonning mashhur mutafakkiri Suqrot yoshlarni ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblangani Arastuning mazkur fanni aniq tizimga solishi uchun turtki bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonun, tamoyil, kategoriyalariga ega fanga aylandi. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sino ham ahamiyat berdilar. XVII-XIX asrlarda falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlandi. Gegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut g‘oya) tarzida sharhladi. Falsafa fanining kategoriyalarini ularga oid turli qarashlar asosida quyidagicha tavsiflash mumkin: 1) ob’ektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa-hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa-hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy – mantiqiy bilish darajalaridan biri. Asariyat mutaxassislar fikricha, kategoriyalar olamdagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir. Shu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning kategoriyalaridir. Download 237.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling