6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Download 237.5 Kb.
|
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari
Imkoniyat – voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishi, u yuzaga chiqmagan voqelik. Imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari hamdir.
Imkoniyat va voqelikni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni o‘zgartiruvchi faoliyatini tushunmaslikka, amaliyotning ahamiyatini yo‘qqa chiqarishga olib keladi. Imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan – progressiv va eski, umrini tugatayotgan – konservativ real kuchlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtincha. Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida mavjud bo‘lib, so‘ng rivojlanib, tobora reallasha boradi va ma’lum davr, ma’lum shart-sharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgani sari mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy izchillik jihatidan to‘g‘ri, lekin real asosga ega bo‘lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat hech qachon voqelikka aylanmaydi. Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘liq yetilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy bo‘lgan, narsa-hodisaning o‘zgarish va rivojlanish mantig‘idan kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yetilganda, real imkoniyatga aylanadi. Real imkoniyat – rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi, hozirgi sharoitda uning ichki mohiyatidan kelib chiquvchi konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin bo‘lgan imkoniyatdir. Ob’ektiv shart-sharoitlar – bular inson onggidan tashqarida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlardir. Sub’ektiv omil – xalq ommasi, uning ongliligi va aktiv amaliy faoliyati. Imkoniyat va voqelik dialektikasini o‘rganish masalasi jamiyatni boshqarishda juda ahamiyatli. Bunda sub’ektiv omil ob’ektiv shart-sharoitlarga asoslanadi. Umuman, dialektikada deterministik aloqadorliklarni ifodalaydigan kategoriyalar nafaqat o‘zaro, balki boshqa barcha kategoriyalar bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganishni taqozo etadi. 1 Progress (lotinchi progress suzidan olingan bo‘lib, yangining rivoji, oldinga tomon harakat, rivojlanishda quyi bosqichdan yuqori bosqichga o‘tish. degani) — ilgarilab boradigan taraqqiyot. 2 Regress (lotincha regress — so‘zidan olingan bo‘lib, orqaga tomon harakat, qaytish degani) — salbiy tomon o‘zgarish, ortta qaytish, yuqoridan quyi tomon borish. 3 Differensiatsiya (lotincha differentia — so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘linish, parchalanish, tarmoqlanish, farqlanish ma’nolarini bildiradi) — rivojlanish jarayonida narsa na hodisalarning turli ko‘rinish va shakllarga kirishi. 4 Integratsiya (lotincha integratio — so‘zidan olingan bo‘lib, bir butun holga kelish, birikish kabi ma’nolarni bildiradi) — rivojlanish jarayonida turli qismlarga bo‘lingan narsa va hodisalar tomonlarining qaytadan birikishi. 5 Sofistiki (yunoncha: sopism — ataylab xato asoslar asosida, ko‘p ma’noli so‘zlarga asoslanib fikr yuritish) — bilib turib, xato asoslardan yolg‘on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o‘rta asrlarda Yevropada keng tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutilali. 6 Eklektika (yunoncha: yeklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli. 7 Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir. 8 Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., «O‘zbekiston», 1992, 10-bet. Download 237.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling