6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Download 237.5 Kb.
bet16/17
Sana18.06.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1569480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari

j) Zaruriyat va tasodif. Borliqdagi sababiy bog‘lanishlarning murakkab zanjirida zaruriyat va tasodif kategoriyalari ifodalagan bog‘lanishlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Narsa-hodisalarning mohiyati, ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqishi muqarrar voqea yoki hodisa zaruriyat deb ataladi. Narsa-hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea tasodif deyiladi. Zaruriyat va tasodif bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va ayni vaqtda bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq ularning o‘ziga xos quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 1) zaruriyatning sababi o‘zida bo‘ladi, mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi, u mohiyat bilan bog‘liq; 2) zaruriyat narsa-hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklari natijasi; 3) zaruriyat narsa-hodisaning oldingi o‘zgarish va rivojlanishlari orqali qonuniy tayyorlangan bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega, albatta, yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy xarakterga ega; 6) zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq.
Tasodif ham o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 1) tasodifning sababi o‘zida emas, bal­ki boshqa narsa-hodisadadir, u tashqi sabablardan kelib chiqadi; 2) tasodif borliqdagi nomuhim bog‘lanishlardan kelib chiqadi; 3) u narsa yoki hodisaning butun rivojlanish davomida emas, balki turli jarayonlarning ta’sirida sodir bo‘ladi; 4) tasodif narsa-hodisalar rivojlanishining yo‘nalishini belgilab bermaydi, muqarrar emas; 5) tasodif individual xarakterga ega; 6) tasodif, qonun bi­lan bog‘liq emas.
Fanning vazifasiga borliqdagi narsa-hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirin, insonga noma’lum ichki zaruriy aloqadorliklar va tashqi tasodiflarni aniqlash ham kiradi.
i) Imkoniyat va voqelik. Borliqdagi narsa-hodisalarning ikki xil davri: hozir va kelajakda qanday bo‘lishini imkoniyat va voqelik kategoriyalarisiz tushunib bo‘lmaydi.
Voqelik – hozir real mavjud, yashab turgan narsa-hodisalar. Lekin ular rivojlanish jarayonida dastlab imkoniyat holatida bo‘lgan, ma’lum kelib chiqish davri, vaqti va tarixiga ega. Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi.

Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling