6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Download 237.5 Kb.
bet14/17
Sana18.06.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1569480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari

v) Mohiyat va hodisa.
Mohiyatnarsa-hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro bog‘lanishlari va ularning qonuniy aloqadorliklari. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomon, xususiyat va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shakli, mohiyatning ifodalanishi. Masalan, tirik mavjudotlar mohiyati: ularda modda almashish jarayoni. Agar u bo‘lmasa, tiriklik jarayoni – hayot ham bo‘lmaydi. Ammo bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Shu ko‘rinishlar – hodisalardir.
Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy va o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Mohiyat ichki, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi. Masalan, inson daraxt shoh va barglari shitirlashi, qushlar sayrashini eshitadi. Bu hodisalar sababi turlicha, lekin mohiyati bir, ya’ni havo zarralarining tebranishi. Biroq inson dastlab hodisani faxmlaydi, so‘ng uning mohiyatini bila boshlaydi. Sababi: mohiyat narsalarning ichki aloqadorligi bo‘lgani uchun chuqur tahlil qilish va izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa, aksincha, sezgi a’zolari orqali bevosita idrok etiladi.
2. Mohiyat bilan hodisa o‘zaro birlikda va ayni vaqtda bir-biriga qarama-qarshi, aynan mos kelmaydi. Mohiyat hodisada yashirin va uni bevosita sezgi a’zolari orqali bilish mumkin emas. Hodisa – narsalarning namoyon bo‘lishi shakli sifatida mohiyat bilan hech vaqt mos kelmaydi. Aks holda, fanga zaruriyat bo‘lmasdi. Borliq hodisalari asosida yotgan mohiyatlarni izlab topish fanning vazifasi hisoblanadi.
3. Mohiyat nisbatan doimiy va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. Masalan, daryoning yuzidagi ko‘piklar hodisa bo‘lsa, ular ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir.
4. Mohiyatning nisbiy doimiyligi va barqarorligi, hodisaning o‘zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki mohiyat ham, hodisa ham o‘zgarib boradi. Lekin mohiyat hodisaga nisbatan sekin o‘zgaradi.
Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat hodisada namoyon bo‘ladi; b) mohiyat va hodisa ob’ektiv xarakterga ega, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjd; v) mohiyat va hodisa doim o‘zgarish va rivojlanishda, ammo ular ziddiyatli xarakterga ega. Mohiyatning o‘zi ham ziddiyatli. Dialektika buyumlarning o‘z mohiyatidagi ziddiyatlarni o‘rganadi.
Fan va amaliyotda mohiyatni hodisadan ajrata bilish muhim. Bil’aks nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga olib keladi.

Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling