6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Download 237.5 Kb.
|
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari
g) Butun va qism.
Butun – o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qism, bo‘lak, tomon, element, komponentlarning uzviy birligidan iborat alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan, olam bir butundir. Qism esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi ma’lum bo‘lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir. Olamdagi har bir predmet(hodisa, jarayon)ga «Butun va qism» kategoriyalarida aks etgan dialektik birlik xos. Masalan, «ishchilar» so‘zi: «ish» – «chi» – «lar» kabi ma’noli qismlardan tuzilgan. Butunsiz qismlar va qismlarsiz butun yo‘q, ular birgalikda mavjud. Butun va qismlarning o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qilib turishlari natijasida butun va qismlar o‘zgarishi, rivojlanishi ro‘y beradi. Har bir butun va qismlar ob’ektiv reallikdagi boshqa butun va qismlar bilan muayyan aloqada bo‘ladi. d) Mazmun va shakl. Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida muhim rol o‘ynaydi. Mazmun – narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayon, muhim element va o‘zgarishlar majmui. Shakl – mazmunning mavjudlik usuli, uning strukturasini ifodalovchi, narsa-hodisalarning ichki va tashqi tomonlari birligi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador ikki tomonidir. Shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun shaklni belgilaydi. Ob’ektiv olamda narsa-hodisaga oid bo‘lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham yo‘q. z) Sabab va oqibat. Narsa-hodisalar o‘z paydo bo‘lish, shakllanish va rivojlanishida o‘zaro sababiy bog‘lanishlarda: biri – sabab, ikkinchisi – oqibat bo‘ladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi. Sabab – bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi. Oqibat – sababning bevosita yoki bilvosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa. Masalan, qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu yerda ishqalanish issiqlikning paydo bo‘lishiga sabab va issiqlik – oqibat. Sabab-oqibat bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat deyiladi. Sababsiz oqibatlar yo‘q, hamma narsaning o‘z sababi bor. Dono xalqimiz «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi», – deydi. Sababiyat ob’ektivdir. Sababni oqibatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlardan farq qilish zarur. Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket: sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin keladi. Lekin borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmet va hodisalar bir-biri bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lavermaydi. Masalan, qishdan so‘ng bahor, keyin yoz, kuzning kelishi biri ikkinchisini keltirib chiqaruvchi bog‘lanish emas. Bu Yerning Quyosh atrofida aylanishi sababli sodir bo‘ladi. Sababni bahonadan ham farq qilish lozim. Bahona bevosita oqibatdan oldin sodir bo‘ladigan biror voqea bo‘lib, mohiyatan oqibat sifatida ro‘y bergan hodisaning haqiqiy sababi bo‘la olmaydi. Bahona sababning oqibatini keltirib chiqarishda turtki, oqibatning yuzaga kelish jarayonini tezlatuvchi omil rolini o‘ynashi mumkin. Masalan, 1991 yil 19–21 avgustdagi favqulodda davlat komiteti eski Ittifoq yemirilishi, uning o‘rniga yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishining sababi emas. Borliqdagi barcha narsa-hodisalar o‘z tabiiy ob’ektiv sabablari asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Tabiat hech qachon oldindan belgilangan maqsadlarni qo‘ya olmaydi. Jamiyatda ongli mavjudot – insonlar o‘z faoliyatlarini oldindan belgilangan ma’lum reja, maqsadlar asosida amalga oshiradilar. Bu odatda, tashqi shart-sharoitlarga bog‘liq emasday tuyuladi. Aslida, insonning har qanday maqsadi (niyati, hatto orzusi) ob’ektiv sabablar asosida, tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida, uning miyasida zaruriy ravishda paydo bo‘ladi. Download 237.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling