6-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining


Download 71.81 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi71.81 Kb.
#1155795
1   2   3   4
Bog'liq
6-маъруза

Dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar. Mazkur bosqich mustaqil O‘zbekiston siyosiy tizimi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo‘ldi. Ma’lumki, istiqlolgacha yurtimizda haqiqiy ma’nodagi siyosiy partiya hamda ko‘ppartiyaviy­lik bo‘lmay, yakka mafkura, yagona partiya hukmronligi o‘rnatilgan edi. Faqat mustaqillikka erishilgandan keyin mamlakatimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qat’iyan konsti­tutsiyaviy asosda belgilanib, haqiqiy ma’nodagi siyosiy partiyalar faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.
Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negi­zini tashkil qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (1993), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994), O‘zbekiston Respub­likasining Fuqarolik kodeksi (1995-1996), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (1996), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi (1999) qonunlarni keltirib o‘tish mumkin.
SHu bilan birga, 1996 yil 26 dekabrda bevosita siyosiy partiyalar faoliyatini huqu­qiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich (2001-h.v.). Bu bosqichdagi ustuvor yo‘nalish­larning barchasini o‘ziga qamrab olgan eng muhim vazifa mamlaka­timiz siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini yanada erkinlashtirishdan iborat bo‘ldi. Bu bosqichda mustaqil rivojlanish yillarida to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, rivojlangan mamlakatlarning davlat qurilishi va boshqaruvi bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq etish asosida ijobiy tajribani o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan milliy tajribamiz bilan uyg‘unlashtirish asosida jamiyatimizni demokrat­lashtirish va yangilash konsepsiyasini, shuningdek, mamlakati­mizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 iyundagi “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohot­larni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida va 2005 yil 10 martdagi “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida islohotlarning ustuvor yo‘na­lishlarini amalga oshirish vazifalari tasdiqlandi.
Mazkur davrda siyosiy partiyalarga qonunlar asosida berilgan imkoniyatlarning huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida O‘zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Siyosiy partiyalar­ning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” (2005), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomo­nidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” (2007) gi qarorlari qabul qilindi.



Download 71.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling