6-mavzu: qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turlari va ahamiyati


Download 1.58 Mb.
bet7/11
Sana19.10.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1709444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

 

Diskontlashning ikkinchi ko‘rinishi bo‘lib, pul qiymatining teskari hisoblanishi, ya’ni kelgusida muayyan summani olish uchun bugun qancha investitsiyalash lozimligini aniqlash hisoblanadi. Bugun investitsiya qilingan mablag‘larning kelgusi qiymatini hisoblash jarayoni diskontlash deb nomlanuvchi moliyaviy hisoblanishlarning asosiy turining turli ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.

Bunday yondashishning iqtisodiy mantig‘i xuddi kelgusida muayyan katta miqdordagi summani olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bugun biz to‘lashga tayyor bo‘lgan shunday summani topishga urinish kabi tushuntirilishi mumkin.

Bizga ravshanki, bu to‘lov bizning kelgusidagi maqsadimizni ifodalaydigan shu summani kelgusida hosil qilishga qodir bo‘lgan foydali ishga bugun investitsiya qilishimiz lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.

Bu formulada (k) biz uchun investitsiyalashning o‘xshash loyihasiga mablag‘ kiritib, o‘zimizni, haqiqatda, ta’minlashimiz mumkin bo‘lgan daromad darajasini (foiz stavkasini) anglatadi.

 

=

2) = 100

 

Misol. Faraz qilaylik, investor sement ishlab chiqarish zavodiga aksiyalarini sotib olish uchun mablag‘ kiritdi. Bu aksiyalar har bir donasi 10000 so‘m bahoda taklif etilib, emissiya prospekti shuni ko‘rsatadiki, 5 yildan so‘ng ularning qiymati eng kamida (minimum) ikkimarta ortadi. Agar investor yillik10% daromad keltiruvchi boshqa variantlarga mablag‘ kiritishi mumkin bo‘lsa, u holda investorga bu aksiyalarni sotib olish arziydimi yoki yo‘qmi? Buning uchun hisoblashlarini keltiramiz. Demak, aksiyalar qiymati besh yildan so‘ng 20000 so‘mni (10 000 so‘m edi, ikki marta ko‘paydi) tashkil etadi.

U holda formulani qo‘llab, quyidagini hosil qilamiz:

O‘z navbatida, agar besh yildan so‘ng aksiya qiymati 20000 so‘mni tashkil etsa, u holda uning hozirgi (joriy) qiymati 12418 so‘mga tengligi kelib chiqadi. Agar yuqoridagi misolga nazar tashlasak, uholda investorlarga qo‘yiladigan aksiya bahosi 10000 ga emas, balki 12418 so‘mga teng bo‘lganda ham ularning sement zavodining aksiyalarini sotib olishga rozi bo‘lishini ko‘ramiz.


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling