6-mavzu: qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turlari va ahamiyati
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi, foizda
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uni hisoblash formulasi quyidagicha
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi, foizda
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida korxonalar va aholining o’z vositalari 2020-yilda 29,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2021-yilda 40,8 foizni tashkil etgan. E’tiborli jihati, 2021-yilda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibidagi qabul qilingan mablag’lar tarkibida chet el investitsiyalari va kreditlari keskin oshgan va 42,7 foizni tashkil etgan.Investitsiya loyihalarinining samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan qoplash muddati va investitsiyalarning rentabellik darajasi ko‘rsatkichlari avvaldan ma’lum bo‘lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining dikontlanishiga asoslangan usullarning keng qo‘llanilishiga qadar asosiy ko‘rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan.Ushbu ko‘rsatkichlarning soddaligi va tushunarliligi uning maxsus iqtisodiy bilimga, ko‘nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo‘lmagan xodimlar ham keng qo‘llashiga sabab bo‘ldi.Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari potensial qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita ko’rsatkichdan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko‘rsatkich-laridan foydalanmoqdalar.Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan.Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo‘lsak, bu loyihadan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo‘lgandagi davrga tengdir.Uni hisoblash formulasi quyidagicha:bu yerda, I0 – boshlang‘ich investitsiyalar;CFt - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan sof foyda yoki yillik daromad (D) va xarajat (X) o‘rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.Qoplash muddatini hisoblashda ikkita yondashuv mavjud. Birinchi yondashuvda investitsiyalarning boshlang‘ich summasi yillik tushumlarning (o‘rtacha yillik) miqdoriga bo‘linadi.Bu ko‘rsatkich pul tushumlari yillar bo‘yicha teng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 600 mln. so‘m miqdorida investitsiyalash ko‘zda tutilmoqda va so‘nggi 6 yil davomida har yili 150 mln. so‘m miqdorida daromad olish kutilmoqda. Bunday holatda qoplash muddati 4 yilni (600/150) tashkil etadi, ya’ni boshlang‘ich investitsiya summasi 4 yilda to‘liq qoplanadi, keyingi 2 yil esa investorga ushbu investitsiyadan sof daromad olish imkonini beradi.Qoplash muddatini hisoblashning ikkinchi yondashuvi investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan pul tushumlari miqdorining o‘zgaruvchi (farqli tushumlarning) yakuni (yig‘indisi) sifatida izohlanadi.Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling