6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja


Download 434.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana31.01.2024
Hajmi434.8 Kb.
#1828622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Lecture-6

Iv=St ■ Th,
 
bunda Iv - vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m);
St - xodimning vaqt birligidagi tarif stavkasi (so’m);
Th - ishchining haqiqatda ishlagan vaqti (kun yoki soatlarda).
Oylik tarif stavkasini tatbiq etganda xodimning ish haqi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
С
• 
Т
И
в

СТ
---------------------- ^ 
в 
ГТ1 

Bunda St - oylik tarif stavkasi; Th - bir oy ichidagi haqiqatda ishlangan kunlar miqdori; Thp - bir 
oy ichidagi hisoblangan ish kunlari soni (taqvim fondidan dam olish va bayram kunlari chegirib 
tashlanadi).
Oddiy vaqtbay haq to’lashda ishlangan vaqt miqdori bilan ish haqi o’rtasida mutanosib bog’liqlik 
bor. Oddiy vaqtbay mehnat haqi to’lashning boshqacha bog’lanish shakllari mavjud emas.
Mehnatga oddiy ishbay haq to’lash shunday tuzilganki, ishchining ish haqi ishbay bahoga 
bog’liqdir, u tayyorlangan mahsulot birligi (bajarilgan ish) uchun to’langan haqdan iboratdir, shuningdek 
ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish) miqdoriga bog’liqdir. Ish haqi miqdori quyidagi formula 
bilan aniqlanadi:
Iishb.
=
R ■ П,
 
bunda Iishb. - mehnatga ishbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m); R - mahsulot 
(bajarilgan ish) birligi uchun belgilangan ish haqi (so’m); n - tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish)ning 
miqdori (so’m);
Amalda mehnatga ishbay haq to’lashning quyidagi tizimlari: yakka tartibdagi, jamoa (brigada), bir 
yo’la haq to’lash, bevosita, ishbay-progressiv va ishbay-regressiya tizimlari qo’llanadi.
Mehnatga haq to’lashning yakka tartibdagi ishbay tizimida bajarilgan ishning (buyum, detal, 
operasiya) har bir birligi uchun o’zgarmas ishbay narx belgilanadi. U quyidagi formulalardan biri 
bo’yicha aniqlanadi:

Download 434.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling