6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja
Download 434.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Lecture-6
кам
\ ^ J K 1 K 2 K l Bu yerda I kam - mehnatga haq to’lashning ishbay-kamayib boruvchi tizimi bo’yicha ishbay ish haqi (so’m, tiyin); R - belgilangan boshlang’ich baza doirasida mahsulotning har bir birligi uchun narx (so’m, tiyin); K - kamayib borish shkalasining har bir pog’onasi bo’yicha narxning kamayish koeffisiyenti (marta); 1,2,...L - shkaladagi kamayib borish koeffisiyetlari soni; n - xodimlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Ish haqining mohiyati u ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlarida: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’molda bajaradigan funksiyalarda ro’yobga chiqariladi. Ish haqini tashkil etish deganda uning tuzilishi, mehnat miqdorining unga to’lanadigan haq miqdori bilan o’zaro bog’liqligi, shuningdek tarkibiy elementlarning yig’indisi (normalash, tarif tizimi, mukofotlar, qo’shimcha va ustama haqlar) tushuniladi. Ish haqini tashkil etishning muhim elementi tarif tizimi bo’lib, u turli normativ materiallar majmuidan iboratdir, ular yordamida xodimlarga to’lanadigan ish haqi darajasi omillar guruhiga bog’liq ravishda belgilanadi. Mehnat natijalarini aniqlash uchun qanday asosiy ko’rsatkich tatbiq etilishiga qarab ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikkita katta guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli haqida gap yuritiladi. Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi to’g’risida gap boradi. Demak, ish haqining shakli- haq to’lash tizimlarining muayyan toifasidan iborat bo’lib, ish haq to’lash maqsadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini hisobga olish asosiy ko’rsatkichi bo’yicha guruhlarga ajratilgan bo’ladi. Mehnatga haq to’lashning ishbay va vaqtbay tizimlari mehnatni tashkiliy-texnikaviy normalashga turlicha yondashish bilan ajralib turadi, bunda ayni sir xil normalashga amal qilinadi. Mehnatga haq to’lash tizimlari vositasida xodimlarning moddiy manfaatdorligiga muayyan tarzda ta’sir ko’rsatish - hozirgi zamon iqtisodiyotidagi ish haqini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biridir. Download 434.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling