6-Mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasi Reja


Download 101.1 Kb.
bet2/4
Sana09.02.2023
Hajmi101.1 Kb.
#1180018
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu6

Data Insight agentligining bashoratlariga ko‘ra, on layn turizmning Rossiyadagi hajmi 2020 yilga kelib $13-14 milliard dollar miqdorida bo‘lishi kutilmoqda ekan (http://top.rbc.ru/technology_and_media). Ozon kompaniyasi ham Ozon.travel deb nomlangan va turizmga ixtisoslashgan yangi kompaniya tashkil qilgan. Niderlandiyada tashkil etilgan Booking.com agregator kompaniyasining qulay servisi turistlarga mehmonxonalarni bron qilishni, sayoxatlar zakaz qilishni, avtomashinalarni ijaraga olishni va boshqa bir qancha hizmatlarni taklif qiladi. Mehmonxonalarni osha kuniyoq zakaz qilishga imkon beradigan servislarga OneTwoTrip, Anywayanyday, Ostrovok larni misol qilishimiz mumkin. Booking Now servisi esa turistlarga mehmonxonalarni bir soat ichida, kelishdan bir soat oldin zakaz qilish imkoniyatini yaratadi.
Onlayn turizm bozorining rivojlanishi drayverlari sifatida quydagilarni keltirishimiz mumkin:

    • Internetning turli sohalarga kirib kelishi va rivojlanishi;

    • Yelektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi;

    • Onlayn tiristik hizmatlarga bo‘lgan ishonchning ortishi;

    • Turustik xizmatlar iste’molchilarining hulq-atvorlari o‘zgarishi, masalan, ular endi bilatlarni o‘zlari to‘layaptilar va mehmonxonalardagi joylarni mustaqilravishda tanlayaptilar;

    • Yagona oyna“ ko‘rinishidagi agregatorlarning paydo bo‘lishi;

    • Turistik servislar va turistik agentliklarning usability darajasining oshishi.

On-line travel bozorida qo‘shimcha iste’mol qiymati quyidagilar vositasida ta’minlanadi:

  • Shaxsga yo‘naltirilgan hizmat ko‘rsatish;

  • Ma’lumotlarni yig‘ish va tartibga solishning bir joyda va bir servisda amalga oshirilishi (informatsiyaning konsolidatsiyasi);

  • Ofisga kelish va qo‘ng‘iroq qilishlarga ketadigan vaqtning tejalishi;

  • Ma’lumotlar va hizmatlardan yil davomida va sutka mobaynida foydalanish imkoniyati (365/7/24);

  • Biletlarni istalgan qurilmada elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati;

  • Biletni yo‘qotib qo‘yish va uyda yoddan chiqarish kabi xolatlar yo‘qligi.

On-line travel bozoridagi kelajak trendi shundan iboratki, oflaynda ishlaydigan ko‘pchilik kompaniyalar internetda o‘zlarining elektron savdo maydonlarini tashkil qila boshlaydilar va turistlarga o‘z komp’yuterlari yoki mobil qurilmalari yordamida marshrutni tanlash, biletni sotib olish, mexmonxonani bron qilish va sayohat uchun kerakli bo‘lgan xujjatlar paketini olish kabi ishlarni bajarish imkoniyatini yaratadilar.
6.2. Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida raqamli o‘zgarishlar

Bashoratlarga kura, 2045 yilga borib, dunyo axolisining 65-70 foizi yoki taxminan 6,4 milliard kishi shaxarlarda yashaydi etadi. Shaxarlarga ommaviy migratsiya shaxar transport tizimlariga, oziq-ovqat va suv ta’minoti, energetika infratuzilmasi, sanitariya va jamoat xavfsizligiga katta ta’sir utkazadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shaxar markazlarining samaradorligi va barkarorligini oshirish uchun ma’lumotlar va avtomatlashtirishdan foydalanadigan "aklli shaxarlar" ning usishiga yordam beradi. Taksimlangan sensor tizimlari suv va elektr energiyasi sarfini kuzatib boradi va smart-tarmoklar bo‘yicha taksimotni avtomatik ravishda muvozanatlaydi. Tarmokli sensor tizimlari va transport vositasida tashish avtonom variantlari ommaviy transport va logistika inkilobini rivojlantirishi mumkin. Issitish, sovutish va yoritish samaradorligini oshiradigan intellektual binolarni kurish uchun yangi materiallar va loyixalashtirish usullaridan foydalaniladi. Tashki kuyosh panellari, mikro-shamol turbinalari, issiklik energiyasi va boshqa kayta tiklanadigan energiya manbalari toza taksimlangan elektr energiyasini ishlab chikarishni ta’minlaydi.


2019-yil Respublika hududlarida ichimlik suv ta’minoti va oqava suv infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlarda 1,7 trln. so‘m miqdordagi budjet mablag‘lari hisobidan 550 tadan ortiq obektlar foydalanishga topshirildi. Xalqaro moliya institutlari hamkorligidagi 10 ta yirik loyihalar doirasida 99 mln. dollarga yaqin kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi. 800 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minoti, 75 mingdan ortiq aholining oqava suv xizmatlari yaxshilandi.
Issiqlik ta’minoti sohasini rivojlantirish natijasida qo‘shimcha 300 tadan ortiq ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi 50 mingga yaqin aholining issiqlik ta’minotini qayta tiklandi. Ilk bor Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etildi. Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand shaharlari va Toshkent shahrining Sergeli tumanida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish uchun Jahon banki ishtirokida 220,7 mln. dollar qiymatdagi loyihalarni amalga oshirilgan.
Shahar va tumanlardagi 5 400 tadan ortiq ko‘p kvartirali uylar ta’mirlandi, uylarga tutash hududlar obodonlashtirildi, 1 500 tadan ortiq bolalar maydonchalari, 188 ta tandirxonalar, 115 ta sanitar uzellar qurildi va ta’mirlandi.
Bugungi kunda barcha iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mazkur dasturning dolzarb yo‘nalishlaridan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidir. Mazkur yo‘nalishi bo‘yicha qator muhim loyihalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Masalan, kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida dispetcherlikni avtomatlashtirish masalasi eng dolzarb masalalaridan biri. Mazkur loyihani amalga oshirilishi fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlaring sifatini oshirishga, vaqt va pul xarajatlarini keskin kamayishiga imkon yaratadi.
Oshkoralik va shaffoflik ta’minlash masalalari ham uy-joy kommunal sohasida eng dolzarb masalalaridan biri. Ularni ta’minlash uchun uy-joy kommunal sohasida loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash, qurilish ob’ektlari tendrlarini o‘tkazish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqish .
Uy-joy kommunal sohadagi dolzarbligi yuqori bo‘lgan va haligacha o‘z yechimini topa olmagan masalalar o‘rtasida suv tejamkorligi masalasi alohida o‘rin tutadi.
Uy-joy kommunal sohasi yirik va muhim tarmoq bo‘lganligi bois uni samarali boshqarishda jamiyat nazoratining o‘rni o‘ta yuqori. Shuni inobatga olgan holda “Uy-joy kommunal” axborot tizimini joriy etilishi ham nazarda tutilgan. Mazkur tizim orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron hujjatni shakllantirish va fuqarolar bilan hududlarni obodonlashtirish holati to‘g‘risida axborot almashish va reytingni belgilash vazifalari ko‘rsatilgan.
“Yelektron hukumat” kompleks dasturi doirasida uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar, shubhasiz, yuqori dolzarblik va muhimligiga ega. Va ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va fuqarolarimizning turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.



Download 101.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling