6-mavzu. Savod o‘rgatish davrida boshlang‘ich yozuvga o‘rgatish. Reja
Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari
Download 0.5 Mb.
|
6-ma\'ruza yozuvga o`rgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuv daftari”dan foydalanish
Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari.
Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo’lib, xattaxtaga yozishda bo’rdan foydalaniladi. Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog’oz ishlatilgan bo’lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan: Bunday daftarda yozuvga o’rgatilgan boladan boshlang’ich sinflarni bitirguncha besh xil daftarga yozishni o’rganish talab etilar edi: Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi. Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o’quvchilar “Yozuv daftari” bilan ishlaydilar. Sinfda o’rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo’lishi kerak. O’qituvchi yozish vaqtida 65˚ qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25˚ qiyalikda qo’yilishini ta’kidlab turadi. “Yozuv daftari”dan foydalanish «Yozuv daftari» «Alifbe» kitobi asosida tuzilgan bo’lib savod o’rgatish davrida o’quvchilarni yozuv malakalarini shakllantirishga mo’ljallangan. «Yozuv daftari»da harflarning o’rni va shakli aniq berilgan bo’lib, o’quvchilar shu namunalarga qarab yozadilar. «Yozuv daftari» o’qituvchining ishini ancha osonlashtiradi, har bir o’quvchiga harf namunasini yozib berishdan ozod bo’ladi. Ammo shu bilan birga harf unsuri yoki harfning shaklini sinf taxtasida ko’rsatib berishi shart. «Yozuv daftari»da harf yoki uning unsurlari va so’zlar bilan bir qatorda bo’sh satrlar ham berilgan. Undan har bir o’qituvchi shu kunning topshirig’iga moslab foydalanishi mumkin. Ba’zi bir betlardagi nuqtachalar bilan berilgan harflarning ustidan ruchka yurgizib chiqish orqali o’quvchilar shu harf shaklini to’g’ri tasavvur qilishga o’rgatiladi. Bu mashqlarni barcha o’quvchilarga qo’llash shart emas. Uni xunuk yozadigan va harflarni yozishda qiynalayotgan o’quvchilarga qo’llash mumkin. «Yozuv daftari»dan o’quvchilar «Alifbe» davrining oxirigacha foydalanadilar. So’ngra ikki chiziqli oddiy yozuv daftaridan foydalanish mumkin. «Yozuv daftari»ga yozdirishga boshlashdan oldin ularga sinf partasida o’tirish qoidalari, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qo’yish qoidalari eslatib o’tiladi. Yozuv mashqlari kichik yoshdagi o’quvchilar uchun mashaqqatli bo’lib, ular tez charchab qoladilar. Bu davrda o’qituvchi o’quvchilarga bir darsda bir necha marotaba jismoniy mashqlar qildirishi lozim. «Yozuv daftari»ning dastlabki bir necha beti yozuv mashqlari uchun berilgan bo’lib, qolgan betlaridagi harflar alifbe tartibida yozishga o’rgatiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling