6-mavzu. Sayyohlik agentliklari va tashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakllari. Amaliy mashg’ulot rejasi
Mijozning huquq va majburiyatlari
Download 337,46 Kb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashuvchining huquq va majburiyatlari
Mijozning huquq va majburiyatlari
Mijoz quyidagi huquqlarga ega: ➢ tashish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar tashuvchi tomonidan bajarilishini talab qilish; ➢ tashuvchi va harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida zarur axborot olish; ➢ transport xizmatlari bozorida transport turini erkin tanlash; ➢ tashish qoidalarida yoki shartnomasida belgilangan xizmatlarning tashuvchi tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi; ➢ qonunchilikka muvofiq fuqarolarning alohida toifasi uchun nazarda tutilgan imtiyozli va bepul yurish; ➢ qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini, ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishini talab qilish. Mijoz qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Mijoz: ➢ tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi shartlariga rioya etishi; ➢ majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatini tashuvchiga taqdim etishi; ➢ tashish qoidalariga rioya etishi; ➢ bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini transportda tashish uchun tayyor holda taqdim etishi; ➢ yo‘lovchi transportida o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi shart. Mijozning zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Tashuvchining huquq va majburiyatlari Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: ➢ narx belgilash qoidalariga muvofiq tashish narxlarini erkin belgilash, bundan tartibga solinadigan tariflar belgilangan hollar mustasno; ➢ fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid, ekologiya va sanitariya normalari buzilishi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan holatlarda tashishni rad etish. Tashuvchi qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Tashuvchi: ➢ litsenziyaga, sertifikatga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga va (yoki) tashish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa; ➢ mijoz bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzishi; ➢ tashishlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan transport vositalarida amalga oshirishi; ➢ qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi, ma’naviy zararni kompensatsiya qilishi; ➢ yo‘lovchi xavfsizligini, unga zarur qulayliklar va xizmat ko‘rsatish sharoitlari yaratilishini, yo‘lovchi tomonidan bagaj hamda yuk bagaji topshirilgan taqdirda esa uning bagaji va yuk bagaji o‘z vaqtida tashilishi hamda but saqlanishini ham ta’minlashi; ➢ harakat xavfsizligini ta’minlashi; ➢ majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatining ko‘chirma nusxasini mijozdan talab qilishi; ➢ qonunchilikka muvofiq alohida toifadagi yo‘lovchilarni bepul tashishni amalga oshirishi yoki ularga kira haqini to‘lash bo‘yicha boshqa imtiyozlarni taqdim etishi; ➢ yo‘lovchilarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi; ➢ jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarning transport vositalaridan, axborotdan, shuningdek aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tashish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida zarur shart- sharoitlar yaratishi shart. Tashuvchining zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Download 337,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling