6-mavzu. Sayyohlik agentliklari va tashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakllari. Amaliy mashg’ulot rejasi


Download 337.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana02.04.2023
Hajmi337.46 Kb.
#1321370
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
6-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

Transport tariflari. Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta 
va kuryerlik jo‘natmalarini tashish, shuningdek tashish bilan bog‘liq xizmatlar 
erkin va tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yoki transport sohasida tabiiy monopoliya 
subyektlari faoliyatini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan transport 
xizmatlarining ayrim turlariga nisbatan tariflarning cheklangan miqdorlari 
belgilanadi. 
Davlat tomonidan tariflarning cheklangan miqdorini belgilash hamda 
yo‘lovchilarga va fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish natijasida 
transport tashkilotlari ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunchilikka muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 
Aralash tashish chog‘idagi to‘g‘ridan to‘g‘ri transport tarifi aralash tashish 
shartnomalari tuzilgan sanalardagi har bir transport turida tashishga doir xizmatlar 
uchun to‘lovlar summasidan, har bir transport turida amal qilayotgan tariflar 
bo‘yicha shakllantiriladi. 
Tashish. Mijoz va tashuvchining huquq va majburiyatlari. 
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik 
jo‘natmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish. 
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik 
jo‘natmalarini tashiganlik, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatganlik 
uchun, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, miqdori 
taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan haq undiriladi. 
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik 
jo‘natmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartlari 
hamda taraflarning tashishlar va transport-ekspeditorlik operatsiyalari bo‘yicha 
javobgarligi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek tashish va transport 
ekspeditsiyasi shartnomalarida belgilanadi. 
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik 
jo‘natmalarini tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarining ruxsat etilgan 
gabaritlari hamda vazniga doir parametrlari transport vositalarining texnik 


xususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda 
belgilanadi. 

Download 337.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling