Transport tariflari. Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta
va kuryerlik jo‘natmalarini tashish, shuningdek tashish bilan bog‘liq xizmatlar
erkin va tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yoki transport sohasida tabiiy monopoliya
subyektlari faoliyatini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan transport
xizmatlarining ayrim turlariga nisbatan tariflarning cheklangan miqdorlari
belgilanadi.
Davlat tomonidan tariflarning cheklangan miqdorini belgilash hamda
yo‘lovchilarga va fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish natijasida
transport tashkilotlari ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunchilikka muvofiq
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Aralash tashish chog‘idagi to‘g‘ridan to‘g‘ri transport tarifi aralash tashish
shartnomalari tuzilgan sanalardagi har bir transport turida tashishga doir xizmatlar
uchun to‘lovlar summasidan, har bir transport turida amal qilayotgan tariflar
bo‘yicha shakllantiriladi.
Tashish. Mijoz va tashuvchining huquq va majburiyatlari.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik
jo‘natmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik
jo‘natmalarini tashiganlik, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatganlik
uchun, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, miqdori
taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan haq undiriladi.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik
jo‘natmalarini tashish, transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartlari
hamda taraflarning tashishlar va transport-ekspeditorlik operatsiyalari bo‘yicha
javobgarligi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek tashish va transport
ekspeditsiyasi shartnomalarida belgilanadi.
Yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik
jo‘natmalarini tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarining ruxsat etilgan
gabaritlari hamda vazniga doir parametrlari transport vositalarining texnik
xususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |