6-mavzu. Sayyohlik agentliklari va tashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakllari. Amaliy mashg’ulot rejasi


Mijozning huquq va majburiyatlari


Download 337.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana02.04.2023
Hajmi337.46 Kb.
#1321370
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
6-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

Mijozning huquq va majburiyatlari 
Mijoz quyidagi huquqlarga ega: 
➢ 
tashish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar tashuvchi 
tomonidan bajarilishini talab qilish; 
➢ 
tashuvchi va harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida zarur axborot olish; 
➢ 
transport xizmatlari bozorida transport turini erkin tanlash; 
➢ 
tashish qoidalarida yoki shartnomasida belgilangan xizmatlarning 
tashuvchi tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi; 
➢ 
qonunchilikka muvofiq fuqarolarning alohida toifasi uchun nazarda 
tutilgan imtiyozli va bepul yurish; 
➢ 
qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rni 
qoplanishini, ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishini talab qilish. 
Mijoz qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga 
ham ega bo‘lishi mumkin. 
Mijoz: 
➢ 
tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi shartlariga rioya etishi
➢ 
majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan 
yuk uchun muvofiqlik sertifikatini tashuvchiga taqdim etishi; 
➢ 
tashish qoidalariga rioya etishi; 
➢ 
bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini 
transportda tashish uchun tayyor holda taqdim etishi
➢ 
yo‘lovchi transportida o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi shart. 
Mijozning zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Tashuvchining huquq va majburiyatlari 
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: 
➢ 
narx belgilash qoidalariga muvofiq tashish narxlarini erkin belgilash, 
bundan tartibga solinadigan tariflar belgilangan hollar mustasno
➢ 
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid, 
ekologiya va sanitariya normalari buzilishi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar 
(harakatsizlik) yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan holatlarda tashishni rad etish. 
Tashuvchi qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Tashuvchi: 
➢ 
litsenziyaga, sertifikatga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga va 
(yoki) tashish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi, agar bu O‘zbekiston 
Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan 
bo‘lsa; 
➢ 
mijoz bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzishi; 
➢ 
tashishlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan transport 
vositalarida amalga oshirishi; 
➢ 
qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rnini 
qoplashi, ma’naviy zararni kompensatsiya qilishi


➢ 
yo‘lovchi xavfsizligini, unga zarur qulayliklar va xizmat ko‘rsatish 
sharoitlari yaratilishini, yo‘lovchi tomonidan bagaj hamda yuk bagaji topshirilgan 
taqdirda esa uning bagaji va yuk bagaji o‘z vaqtida tashilishi hamda but 
saqlanishini ham ta’minlashi; 
➢ 
harakat xavfsizligini ta’minlashi; 
➢ 
majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan 
yuk uchun muvofiqlik sertifikatining ko‘chirma nusxasini mijozdan talab qilishi; 
➢ 
qonunchilikka muvofiq alohida toifadagi yo‘lovchilarni bepul 
tashishni amalga oshirishi yoki ularga kira haqini to‘lash bo‘yicha boshqa 
imtiyozlarni taqdim etishi; 
➢ 
yo‘lovchilarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar 
yetkazganlik uchun o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi; 
➢ 
jismoniy 
imkoniyatlari 
cheklangan 
shaxslarning 
transport 
vositalaridan, axborotdan, shuningdek aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini 
ta’minlashi, tashish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida zarur shart-
sharoitlar yaratishi shart. 
Tashuvchining zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 337.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling