6-mavzu. Sayyohlik agentliklari va tashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakllari. Amaliy mashg’ulot rejasi


Aralash tashishlar mijozining huquq va majburiyatlari


Download 337.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana02.04.2023
Hajmi337.46 Kb.
#1321370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

Aralash tashishlar mijozining huquq va majburiyatlari 
Mijoz: 
harakatlanish yo‘nalishi, transport tarkibi va turlari haqida axborot olish
aralash tashishlar operatoridan aralash tashishlar shartnomasi bo‘yicha 
majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini talab qilish; 


yozma hujjatlar bilan asoslangan dalillar taqdim etilgan taqdirda aralash 
tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish huquqiga ega. 
Mijoz qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Mijoz: 
aralash tashishlar operatoriga aralash tashishlar shartnomasida kelishilgan 
barcha tegishli to‘lovlarni to‘lashi; 
aralash tashishlar operatoriga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va 
kuryerlik jo‘natmalarini aralash tashishlar shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga 
binoan taqdim etishi shart. 
Mijozning zimmasida qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Aralash tashishlar chog‘idagi hamkorlikka oid shartnoma 
Aralash tashishlar chog‘idagi hamkorlikka oid shartnoma aralash tashishlar 
operatori va ushbu tashishlarda ishtirok etuvchi har xil turdagi transport 
tashuvchilari o‘rtasida tuziladi hamda quyidagilarni: 
➢ 
aralash tashishlar operatorining hamda tashuvchining huquq va 
majburiyatlarini; 
➢ 
aralash tashishlar operatorining va tashuvchining javobgarligini; 
➢ 
har bir tashuvchining xizmatlari qiymatini va ularning haqini to‘lash 
tartibini; 
➢ 
tashuvchilarning hamkorlik qilish va transport vositasining bir turidan 
boshqasiga yo‘lovchini o‘tkazish yoki bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va 
kuryerlik jo‘natmalarini qayta ortish tartibini
➢ 
yagona tashish hujjatini (chiptani, bagaj kvitansiyasini, yagona tovar-
transport yuk xatini) to‘ldirish tartibini; 
➢ 
tashish muddatlari va shartlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. 
Aralash tashishlar chog‘idagi hamkorlik shartnomasida qonunchilikka zid 
bo‘lmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin. 

Download 337.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling