6-mavzu. Sayyohlik agentliklari va tashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakllari. Amaliy mashg’ulot rejasi


Aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlari


Download 337.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana02.04.2023
Hajmi337.46 Kb.
#1321370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

Aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlari 
Aralash tashishlar operatori: 
➢ o‘zining xususiyatlariga, vazniga hamda gabarit parametrlariga ko‘ra aralash 
tashishlar shartnomasida ko‘rsatilgan bagaj, yuk bagaji, yuk, pochta va kuryerlik 
jo‘natmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga mos kelmaydigan bagajni, yuk bagajini
yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini aralash tashishni rad etish; 
➢ aralash tashishlar shartnomasida mijoz tomonidan ko‘rsatilgan yetkazish 
punktiga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini yengib 
bo‘lmas kuch tufayli yetkazib berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, aralash tashishni 
rad etish hamda yuk jo‘natuvchini yozma yoki elektron shaklda oldindan xabardor 
qilgan holda bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini 
qaytarib berish. Bunda, agar aralash tashishlar shartnomasida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, aralash tashishlar operatorining qo‘shimcha xarajatlari 
yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan to‘lanadi; 
➢ mijozdan aralash tashishlar shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar lozim 
darajada bajarilishini talab qilish huquqiga ega. 
Aralash tashishlar operatori qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga 
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Aralash tashishlar operatori: 
yo‘lovchini, bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini 
jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashishni har xil turdagi transportdan 
foydalangan holda aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq tashkil etishi; 
yetkazish punktida bagaj va yuk bagaji yo‘lovchiga topshirilishini tashkil 
etishi; 
aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yo‘lovchini va 
bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini qabul qilib 
olishi; 
tashishning har bir bosqichida yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining
yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining harakatlanishi ustidan 
monitoringni ta’minlashi; 
bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining 
butun harakatlanish yo‘li davomida but saqlanishini, aralash tashishlar 
shartnomasida belgilangan muddatlarda yetkazilishini hamda ularni qabul qilib 
olishga vakolati bo‘lgan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirilishini ta’minlashi 
shart. 
Aralash tashishlar operatorining zimmasida qonunchilikka va shartnomalarga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 337.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling