6-mavzu. Sayyohlik agentliklari va tashuvchilar o'rtasidagi o'zaro aloqa shakllari. Amaliy mashg’ulot rejasi


Aralash tashishlarni tashkil etish. Aralash tashishlar tizimi


Download 337.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana02.04.2023
Hajmi337.46 Kb.
#1321370
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
6-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

Aralash tashishlarni tashkil etish. Aralash tashishlar tizimi. 
Avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transporti transport logistikasi talablariga 
rioya etgan hamda transport infratuzilmasidan foydalangan holda ularning 
muvofiqlashtirilgan hamkorligi orqali aralash tashishlar tizimini tashkil etadi. 
Mijoz, aralash tashishlar operatori va tashuvchilar aralash tashishlar 
ishtirokchilaridir. 
Aralash tashishni tashkil etishda transport logistikasi tashish jarayonining 
yagona operatori va yagona tashish hujjati mavjud bo‘lishini, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
transport tarifi hamda aralash tashish barcha ishtirokchilari hamkorligining izchil-
markazlashgan sxemasi qo‘llanilishini, shuningdek tashish jarayoni uchun yagona 
javobgarlikni ta’minlashi kerak. 
Aralash tashishlar shartnomasi. 
Aralash tashishlar shartnomasi aralash tashishlar operatori va mijoz o‘rtasida 
tuziladi hamda quyidagilarni: 
➢ mijozning hamda aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlarini; 
➢ mijozning va aralash tashishlar operatorining javobgarligini
➢ yagona tovar-transport yuk xatini to‘ldirish tartibini; 
➢ yetkazib berish muddatlari va shartlarini; 
yetkazib berish punktlarini
➢ bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining 
hajmlari hamda o‘lchamlarini; 
➢ narxni va to‘lov tartibini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. 
Aralash tashishlar shartnomasida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa 
shartlar ham nazarda tutilishi mumkin. 
Yo‘lovchini aralash tashishlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. 
Yo‘lovchini aralash tashishlar shartnomasi tuzilganligi yo‘lovchining aralash 
qatnovda yurish huquqini tasdiqlovchi yagona chipta bilan, bagaj, yuk bagaji, 


yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari topshirilganligi esa aralash tashishning 
bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi. 

Download 337.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling