6-Mavzu: Shaharlarning funksional tiplari


Download 49.94 Kb.
bet1/5
Sana03.06.2024
Hajmi49.94 Kb.
#1842040
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Mavzu


6-Mavzu: Shaharlarning funksional tiplari
1.Shaharlarning funksiyalari va uni aniqlash mezonlari.
2.O’zbekiston shaharlarining funksional tiplari.
3. Poytaxt shaharlar.
4. Global shaharlar.
Tayanch iboralar: shaharlar funksiyasi, funksional tipologiya, bir
funksiyali va ko’p funksiyali shahar, ma muriy markaz, poytaxt shahar, global
shahar.
Shaharlarning geografik mehnat taqsimotidagi o’rni, bajaradigan funksiyalarini aniqlash doimo muhim hisoblangan. Bunday turdagi dastlabki tipologiyalar 1891 y. F Ratsel, 1910 y. Semenov-Tyanshanskiy, keyinchalik C.Garris, V.Konstantinov, B.Xorev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
Ilk tipologiyalar ko’proq sodda bo’lgan va shaharlar mexanik tarzda aholi
soniga ko’ra ajratib yuborilgan, masalan, Yaponiyada 600 ming kishilik
shaharlar milliy ahamiyatga ega, 250-600 minggacha bo’lsa tarixiy shaharlar,
25-250 ming – qishloq tipidagi shaharlar deb ajratilgan. 1960 –yillarda
matematik modellashtirish, ayniqsa kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan
ko’plab belgilarni (60 ga yaqin) qamrab oluvchi guruhlashtirish keng
rivojlandi.
N.N.Baranskiy genetik tipologiyaning ahamiyatini yuqori baholaydi, ―...
ammo, u shaharlarning kelib chiqish davrini bildiradi, kelgusi rivojlanish
yo’nalishini ko’rsatmaydi deydi. Hanuzgacha shaharlarni hozirgi holatini, har
tomonlama rivojlanishini ko’rsatuvchi tipologiya yaratilmagan. Biroq shunga
yaqinlardan biri bu- funksional tipologiyadir. Unga ko’ra shaharlar
monofunksional (bir funksiyali) va polifunksional (ko’p funksiyali)
shaharlarga bo’linadi. Funksiyalar ortib borishi bilan shaharlar yiriklashib
ko’p funksiyaliga aylanib boradi. Katta va yirik shaharlarning barchasi 5-6 va
undan ko`p funksiyalarni bajaradi.
Shaharlarni funksiyalariga ko’ra turlarga ajratishda shaharda faoliyat
ko’rsatuvchi tarmoqlar asosiy o’rin tutadi. Ular ikki turli bo’ladi: shahar hosil
qiluvchi tarmoqlar va shaharga xizmat qiluvchi tarmoqlar. Ularning orasidagi
chegara shartli hisoblanadi, asosan, sanoat, transport, rekreatsiya, ilm-fan yoki
boshqa sohalarga ixtisoslashgan, ya‘ni o’z ishlab chiqargan mahsulot yoki
ko’rsatayotgan xizmatlari shahar chegarasidan chiqib, boshqa hududlarga
yoyilsa va shaharning kengayib rivojlanishiga asos (shaharning iqtisodiy asosi)
bo’lsa, bunday tarmoqlar shahar hosil qiluvchi, agar, faqat shahar uchun yoki
shahar aholisini ta‘minlash uchungina xizmat qilsa, u holda, shaharga xizmat
qiluvchi tarmoq hisoblanadi. Ba‘zan shaharga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar
rivojlanib borib, shahar hosil qiluvchi tarmoqlarga aylanadi.
Funksional tipologiya shaharlarning hududiy mehnat taqsimotida tutgan
o’rni, ―yuzini ko’rsatib turadi.
Shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan
vazifasini aniqlash funksional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda
mezon qilib shahar aholisining bandlik tarkibi olinadi, ya‘ni qaysi sohada
mehnat resurslari ko’proq (mamlakat shahar joylari bo’yicha o’rtacha
ko’rsatkichdan yuqori) bo’lsa, o’sha yo’nalish mazkur shaharning
funksional tipini ifodalab beradi.
Odatda shaharlar quyidagi funksional turlarga bo’linadi.
1.Ko’p funksiyali siyosiy — ma‘muriy markazlar, poytaxt shaharlar.
2.Ko’p funksiyali shaharlar — viloyat markazlari.
3.Ko’p tarmoqli yirik sanoat markazlari.
4. Kam tarmoqli (1 -2) sanoat shaharlari.
5. Transport markazlari.
6.Agroindustrial shaharlar.
7. Tuman markazlari.
8.Rekreatsiya shaharlari.
9.Ilm-fan markazlari.
Yuqoridagi funksional guruhlar shaharlarning katta-kichikligiga qarab
ham turlanadi. Bu holda shaharlarning funksional klassifikatsiyasi vujudga
keladi.
O’zbekistonda birinchi va ikkinchi gurux shaharlarga Toshkent, Nukus
hamda barcha viloyat markazlari kiradi. Ular ayni paytda ko’p tarmoqli
sanoat markazlari, transport tuguni, ilm-fan markazlari ham hisoblanadi.
Uchinchi tipga asosan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo’qon kabi shaharlar
mansub, to’rtinchi guruhga Marg’ilon, Ohangaron, Muborak, Gazli, Zarafshon,
Taxiatosh, Asaka, Uchqo’rg’on, Quvasoyga o’xshashlarni kiritish mumkin.
Kogon, Xovos, Qo’ng’irot -transport shaharlari, Chortoq - rekreatsiya,
Ulug’bek — fan markazlaridir.
Respublikamizda juda ko’p shaharlar agroindustrial yo’nalishga ega, ya'ni
ularda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari
mavjud. Ulardan ham ko’proq shaharlar qishloq tumanlar markazi vazifasini
bajaradi. Biroq, bunday shaharlar - «kichik poytaxtlar» ayni paytda
agroindustrial xarakterga ham ega bo’lishlari mumkin.

Download 49.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling