6-Mavzu: Shaharlarning funksional tiplari


Download 49.94 Kb.
bet2/5
Sana03.06.2024
Hajmi49.94 Kb.
#1842040
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Mavzu

Poytaxt shaharlar. Poytaxt shaharlar mamlakat shaharlar to’ri va
tizimida karvonboshilik qilishadi. Ammo ular aholisi bo’yicha eng katta,
sanoat o’ta rivojlangan bo’lishi aslo shart emas. Chunki, bunday
shaharlarning asosiy vazifasi —siyosiy markaz, dorulsaltanat, ya‘ni poytaxt
funksiyasini bajarishdan, binobarin, mamlakatni boshqarish, uni siyosiy, ilmiy
—texnikaviy, ijtimoiy — iqtisodiy jihatdan tashkil qilishdan iborat bo’lishi lozim.
Juda ko’p mamlakatlarda poytaxt shaharlar muammosi keskin turadi.
Bunday shaharlar mumkin qadar mamlakat xududining o’rtasida
(markazida), atrofdagi qo`shni davlatlarga nisbatan ham qulay geosiyosiy
o`rinda, tapuxan asosiy tub millat tarqalgan hududda joylashgan bo’lmog’i
lozim. Sababi —ular eng avvalo milliy poytaxtlardir. Shu bilan birga, bu
shaharlarda boshqaruv funksiyasi keng rivojlangan bo’lishi shart.
Dunyo mamlakatlarining ayrimlarida poytaxt shaharlari o’zgarib
turgan. Masalan, Braziliyada poytaxt Rio-de Janeyrodan Braziliaga, Qozog’istonda Almatadan Astanaga, AQSHda Filadelfiyadan Vashingtonga,Pokistonda Karachidan Islomobodga ko’chirilgan. Bir vaqtlar Ukrainaning poytaxti Xarkov, Rossiyaniki Peterburg, Turkiyaniki Stambul, Qoraqalpog’istonniki To’rtko’l bo’lgan, O’zbekiston Respublikasining dastlabki poytaxti Samarqand bo’lib, 1930 —yilda bu vazifani bajarish Toshkentga berilgan. Poytaxt shaharlarning nufuzi ham, ma‘suliyati ham yuqori.
Binobarin,har qanday mamlakat o’zining bosh shahri, «yo’lboshisiga» katta e‘tibor bermog’i tabiiydir, chunki ular o’sha joyda yashovchilarning milliy iftixori
hisoblanadi.
Mamlakat taraqqiyoti yo’lida eng avvalo, poytaxtlar alohida ahamiyatga ega
ekanligini nazarda tutgan holda, ilk bora Yaponiya tajribasida poytaxtni
rivojlantirish ishlari ko’zda tutilgan – ―Poytaxt taraqqiyoti nomli shaharlarni
rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgan (M.Pacione, 2009. 115-b.).
Ayrim mamlakatlarda rasmiy poytaxtlar yo’q va muayyan shaharlar uning
vazifasini bajaradi (Shveysariyada qadimiy poytaxti Bern, Nauruda Yaren). Ba‘zi
davlatlarda poytaxt funksiyalari bir necha shaharlar, masalan, Germaniyada
Berlin, Bonn, Karlsrue, Rossiyada Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida o’zaro
taqsimlangan.15 Aksariyat mamlakatlarda poytaxt vazifasini yirik shaharlar bajarsa,
ba‘zi davlatlar sof poytaxtlik funksiyasini bajarish nuqtai nazaridan aholi soni kam
bo ‘ lgan kichikroq, tinch-osuda shaharlarni ma‘qul deb hisoblaydilar (Vashington, Brazilia va b.).

Download 49.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling