6-Mavzu: Shaharlarning funksional tiplari


Download 49.94 Kb.
bet3/5
Sana03.06.2024
Hajmi49.94 Kb.
#1842040
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Mavzu

Global shaharlar. Hozirgi vaqtga kelib, jahon iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyoti ma‘lum ma‘noda ―global shaharlar rivojlanishida o’z ifodasini
topmoqda. So’nggi yillarda ilmiy adabiyotlarda tez-tez qo’llanilayotgan ushbu
atamaning fanga kirib kelganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Hozirda bu yangi
atamaning mazmun-mohiyati unga mansub bo’lgan ob‘yektlarning o’ziga xos
xususiyatlari, mezonlari, o’zgarishlarini tadqiq etish asosida asta-sekin ochib
berilmoqda.
Bu atama fanga ilk marta dunyoviy shaharlar nomi bilan 1915-yilda
britaniyalik urbanist P.Geddes tomonidan kiritilgan va u biznes ishlari eng ko’p
yuritiladigan, xalqaro biznes uchrashuvlari o’tkaziladigan shaharlarni shu toifaga
kiritgan. Ammo global shaharlarga 1970-yillardan xalqaro munosabatlar jadal
rivojlangach, alohida e‘tibor berila boshlandi. 1991 -yilda chop etilgan Saskiya
Sassenning ―The global city asarida ta‘rif berilishicha, global shaharlar (ingliz
tilida ―dunyo shahri, ―alfa shahar) – bu jahon iqtisodiy tizimining muhim
elementi hisoblanuvchi, xalqaro miqyosda o’ziga xos markaziy, siyosiy-iqtisodiy,
madaniy vazifalarni bajarib berish bo`yicha tan olingan shaharlardir. Masalan,
London, Jeneva xalqaro moliyaviy, Nyu-York-iqtisodiy, Kuala-Lumpur-turizm
markazi hisoblanadi.
Global shaharlarning vujudga kelishining asosiy omili - xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, jahon hamjamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotini
yanada baynalminallashuvi, transport va aloqaning rivojlanishi bilan davlatlararo
o’zaro munosabatlarda davlat chegaralarining to’siq sifatidagi rolini kamayib
borishi yotadi. Global shaharlar boshqa shaharlardan farqli ravishda aholi sonidan
qat‘iy nazar, xalqaro miqyosda iqtisodiy, moliyaviy, biznes va xizmat ko’rsatish
faoliyatlarini qulay, tez, sifatli tarzda amalga oshirishi, shu bilan birga aynan shu
sohalarda jahon miqyosida markaz sifatida tan olingan bo’lishi lozim. Shuningdek,
xalqaro siyosiy, huquqiy tashkilotlarning shtab-kvartiralari, ilmiy-ishlab chiqarish
salohiyati, axborot-texnologiyalari bilan ta‘minlanganlik darajasi, dunyoning eng
mashhur o’quv yurtlari, kutubxonalari, ilmiy-tekshirish institutlari joylashganligi
bilan ahamiyatlidir. Masalan, Tokio dunyoda o’z ilmiy, tabiiy-texnika fanlarining
eksperimental ob‗yektlari, Nyu-York esa o’ziga xos tor mutaxassislik tekshirish
institutlari, ayniqsa, vulqonshunoslik, alternativ energiya manbalari turini
ko’paytirish, ekologik toza yoqilg’ini imkon boricha arzon ishlab chiqarish
bo’yicha noyob markazlar ko’p joylashganligi bilan ajralib turadi. Global
shaharlarda sivilizatsiyaning eng yaxshi yutuqlari, jahon ahliga taniqli teatr, muzey
va madaniyat uylari joylashganligi sababli bu shaharlarga turistlar, asosan, inson
qo’li bilan yaratilgan noyob ob`yektlarni ko’rish maqsadida boradi. Bu jihatdan
Tokio o’zining imperator saroyi, Tokio teleminorasi, Tokio Milliy muzeyi, Ueno
bog’i bilan mashhur bo’lsa, London 7.5 mln. eksponatli Britaniya muzeyi, Madam
Tyusso eksponatlar muzeyi, Globus teatri va boshqalar bilan mashhur. Nyu-York
esa o’zining Butunjahon Savdo markazi, AQSH asosiy telekompaniyalari - SBS,
BBS, NBS shtab-kvartiralari, Ozodlik haykali bilan sayyohlarni o’ziga ko’p jalb
eta oladi. Hozirgi vaqtda global shaharlar ro’yxatiga 60 ga yaqin shaharlar kirgan,
ularning qatoridan MDH dagi birorta ham shahar o’rin olmagan.
Global shaharlar ham o’z tasnifiga ega. S.Sassen ularni xalqaro ahamiyatiga
qarab alfa, betta, gamma shaharlarga ajratadi.
1980-yilgi John Friedmann tadqiqotlarida yangi urbanistik iyerarxiya
yaratilib, London, Nyu-York, va Tokio global moliyaviy bo‘g‘imlar, Mayami, LosAnjeles, Frankfurt, Amstyerdam, Singapur ko‘p millatli bo‘g‘imlar, Parij, Syurix,Madrid, Mexico, San Paulo, Seul, va Sidney muhim milliy toifa sifatida tan olindi va ularning barchasi bitta iyerarxiyaga birlashtirildi. Kristaller tipologiyasi esa kichik hududlar (mamlakatlar, rayonlar) shaharlari uchun asos bo‘lib xizmat
qilmoqda (M.Pacione, 2009, 122-b.).
Savol va topshiriqlar
1. Shaharlarni turlarga ajratib o’rganishning qanday afzalliklari bor?
2. Shaharlar funksiyasiga ko’ra qanday turlarga ajratiladi?
3. Poytaxt shaharlarning vazifalari nimalardan iborat?
4. Global shaharlar guruhiga qanday shaharlar kiradi?

Download 49.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling