6-Mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy tahdidlar reja


Diniy tahdid va ularning kelib chiqish


Download 32.51 Kb.
bet3/7
Sana04.09.2023
Hajmi32.51 Kb.
#1672500
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot psixologik, diniy va m

2. Diniy tahdid va ularning kelib chiqish
Din – jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g‘oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir. Bu jarayonda asosiy ob’yekt inson ongi hisoblanib, unga ta’sir etish yo‘nalishlari turli tumandir. Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo‘lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy bo‘linishida bo‘lib qolmoqda.
Aynan mana shu bo‘linish sabab turli-xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma’naviy madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan «din» – azob beruvchi, ma’naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo‘lib qolmoqda. Savol: insonni ma’naviy kamolot sari yеtaklovchi, uning qalbida yaxshi va yomon (savob va gunoh, halol va harom) tushunchalarini uyg‘otish uchun asrlar osha shakllanib kelgan bu fenomenga nisbatan bunday (salbiy) tamg‘alarning bosilishiga kim yoki nima sabab bo‘lmoqda? Albatta javoblar turli tuman bo‘lishi tabiiy, ammo quyida asosiy sabablarni keltirib o‘tamiz:
Birinchidan, diniy qarashlar o‘rtasidagi bo‘linishning kelib chiqishi. Umuman, har qanday dinda bo‘linish sabablari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Masalan, diniy aqidalarning barqarorligi yoki kam o‘zgaruvchanligi sababli diniy aqida va jamiyatdagi ijtimoiy taraqqiyot (inson dunyoqarashidagi o‘zgarish) o‘rtasidagi tafovut sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, diniy ta’limotning turli millatlar va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va an’analariga moslashishi natijasida diniy ta’limotga bo‘lgan munosabat jarayonida ham bo‘linish yuzaga keladi. Natijada turli-xil kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi yuzaga kelib, jamiyatning faol sub’yekti hisoblangan inson va uning qalbi zarar ko‘radi.
Ikkinchidan, diniy e’tiqodning siyosiylashuvi.
Osiyolik arxiyepiskop Vladimir shunday degan edi: «Din – samoviy ishdir, siyosat – dunyoviy ishdir, din peshvolarining siyosatga aralashishlari kerak emas, ular ta’lim-tarbiya berishlari lozim». Afsuski o‘z vakolati va darajasidan foydalanib, din sofligiga rahna solinishiga sababchi bo‘layotgan «peshvolar» ham topilmoqdaki, ularning faoliyati jamiyat va inson tadrijiyligiga faqat va faqat zarar keltirmoqda. Natijada ular orasidan yеtishib chiqqan ayrim yеtakchilar fikricha dinning siyosat va siyosiy hayotga betarafligi butunlay nojoizdir, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan diniy mafkurani ishlab chiqish, ijtimoiy hayotda din ustuvorligini ta’minlash eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ming afsuski bunday qarashlar tarafdorlari hozirgi davrda turli yo‘nalishlardan inson ongiga ta’sir etib, nafaqat inson, balki jamiyat taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Uchinchidan, din bayrog‘i ostida iqtisodiy imkoniyatlarni ochishga harakat qilish. Aslida dinning bo‘linishi ham siyosiylashuvi ham iqtisodiy imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Masalan, jahon dini hisoblangan buddaviylik ta’limoti jamiyatning kastalarga bo‘linishini inkor etadi. Ammo Hindistondagi ijtimoiy muhit (insonlar o‘rtasidagi tabiiy tabaqalanish) kastalarga bo‘linishni saqlab qoldi, buning natijasida buddaviylik davrida ham tabaqalanish o‘z kuchida qoldi. Mantiqan o‘ylab qarasak, bu jarayonda ham bitta asosiy sabab mavjud edi, ya’ni iqtisodiy manfaatning ustuvorligi.

Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling