6-mavzu: Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men konsepsiyasi. Shaxsning sotsial tasavvurlari.Shaxs tarakkiyotining psixotik, chegaralangan va nevrotik darajalari
Reja:
1. Shaxsning sub’yektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi.
2.«Men» strukturasi va uni har xil yo‘nalishlarda tadqiq etish.
3.O‘zini o‘zi baholash. Men konsepsiyasi. O‘z-o‘ziga munosabat
4.Shaxsdagi buzilishlarning xarakteri va darajasi haqidagi tasavvurlar.
5.Mak Vilyams yondashuvi
O‘z-o‘zini anglash: jarayoni va natijasi
O‘z-o‘zini anglash jarayon va natija sifatida ko‘riladi. Odatda, o‘z-o‘zini anglash ob’ektiv dunyoga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunda aloxida e’tibor ong va o‘z-o‘zini anglash nisbatiga, ong birinchiligi masalasiga beriladi. S.L.Rubenshteyn ongga bo‘lgan ideolistik qarashni tanqid qiladi, unga ko‘ra “psixik mavjutlik uning anglashi bilan; psixikani moxiyati shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zini-o‘zi bilishda; ruhiyat ong bilan, ong-ruxiyat bilan bir deb xisoblanadi. Natijada ruxiyat anglash doirasida cheklanib qoladi, uning ongi va bilishi- to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot borligi”. O‘z qarashini ong va o‘z-o‘zini anglash muammosida ximoya qilib Rubenshteyn, o‘z-o‘zini anglash o‘z ichiga, o‘z-o‘ziga munosabatni kiritadi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki shaxsning butun xayoti va sub’ektning xayotiy ko‘rinishlari vositachiligida, deb ta’kidlaydi. Ong o‘z-o‘zinianglashdan emas, balki o‘z-o‘zini anglash sub’ektning aktivligidan shakillanadi. “O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini bilishning ob’ekti “toza” ong emas, balki ong insonning real material mavjudligida aloxida , insonning o‘zi esa o‘z borlig‘ining o‘zluksiz butunligida”.
O‘z-o‘zini anglashni jarayon va maxsulot sifatida ajralishini U.Djems tomonidan kiritilgan. U Men-angluvchi(I) va Men-ob’ekt-kabi(Me) ajratgan. Men-angluvchi toza tajriba, o‘z-o‘zini anglashning protsessual xarakteristikasi. O‘z-o‘zini anglashning bu ikki aspektni biz faqat nazariyasiga nisbatan avtonom sifatida tasavvur qilishimiz mumkin, chunki ular real xolatda bir-birisiz mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |