5. Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nev
Download 42.59 Kb.
|
Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari
5. Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nevrotik darajalari 5.1. Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari Xarakter bilan bog‗liq muammolari bilan bog‗liq hal etiladigan masalalardan biri uning buzilish bilan bog‗liqligi, uni qanday mezonlar orqali baholash bilan bog‗liq. Xarakterga bag‗ishlangan jahon psixologik adabiyotlarda xarakter shaxs xususiyatlarini tizimlashuviga ko‗ra aniqlanadi va unga quyidagilar kiradi: 1) barqaror ehtiyojlar va motivlar , 2) shaxsning irodaviy sifatlari (maqsadga intiluvchanlik, qat‘iylik, tashabbuskorlik va boshqalar), 3) barqaror emotsional reaksiyalar. Barqaror ehtiyojlar va motivlar , shaxsning irodaviy sifatlari psixikaning mazmuniy xossasini, emotsional reaksiyalar esa psixikaning dinamik xossasini tashkil etadi. Psixoanalitik adabiyotlarda xarakter muammosi quyidagi nuqtai nazardan qaraladi: Z.Freyd bo‗yicha drayv nazariyasiga ko‗ra natija sifatida libidoning rivojlanishini bir necha bosqichi qayd etiladi; 2) ego-psixologiya pozitsiyasidan xarakter himoya mexanizmi, ya‘ni xavotirdan qochish sifatida namoyon bo‗ladi5 . Xarakter diagnostikasiga va shaxs buzilish darajasi ham Z.Freydning drayv nazariyasi asosida shakllantirilgan. N. Mak Vilyamsning modeliga ko‗ra xarakter modeli va uning diagnostikasi bo‗yicha o‗ziga xos yondashuv mavjud. Mak-Vilyamsning xarakter tuzilmasi mazmuni ikki mezon asosida aniqlanadi: 1) shaxs tuzilmasini rivojlanish darajasini baholash (Freyd bo‗yicha), shaxs individuatsiyasi yoki patologiya darajasini aks ettiradi. Mak-Vilyams taraqqiyotni to‗rt darajaga ajradi: psixotik, cheklangan, nevrotik va normal. 2) shaxsning himoya uslubi yoki xarakter tipi diagnostikasi (masalan, paranoid, shizoid, depressiv va boshqalar.). Mak-Vilyams modeli vujudga kelishi bilan odatdagi psixologiya xarakterga nisbatan chetdan qarashni to‗xtatdi. Ammo birdaniga yuz bermasdan, balki unga qadar kundalik ongda ikki kategoriyadagi insonlarga ajratiladigan odamlarni ajratuvchi mulohazalarga olib kelgan: bemorlar ("psixlar") va sog‗lomlar (" psix emaslar"). Differensial nuqtai nazardan o‗tkazilgan diagnozda amaliy jihatdan bunday yondashish qat‘iyan shart emas. 5 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 554. 41 Bu yo‗nalishga bog‗liq diagnostik maqsadlarda uzoq vaqt davomida standart baholash uslubidan foydalanilgan. Bu psixiatr va psixoterapevtlarni qoniqtirib kelgan. Ushbu sxemaga ko‗ra real voqelikda sohlom yoki normal insonlar degan xulosaga olib keluvchi holat. Unga nisbatan og‗ishni aks ettiruvchi boshqa bir munosabat esa reallik haqidagi ma‘lumotlarga zid munosabatni aks ettiruvchi bemorlar guruhiga ajratishga olib keldi. Odatda isterik, fobiyali, kompulsiv, maniakalli yoki depressivli tendensiyalilarga ma‘lum psixologik qiyinchiliklarga uchraganlarga patsienlar deb murojaat qilishadi. Asotsial patsientlar esa axloqiy jihatdan aqlsiz patsientlar sifatida tansiflanadi. 20-asrning o‗rtaalariga qadar nevrotik va psixotik darajali patologiya o‗rtasidagi farqlarni tahlilchilar shaxs buzilishidagi oraliq shakllardan foydalanmasdan tafovutlashga olib keldilar. Nevrotik voqelikni tushunishi, ammo shaxsiy muammolari borasida shaxsiy qiyinchilikka duch keladiganlar hisoblangan. Uning tayanch xususiyatlari hatdan tashqari mexanik va qayishqoq bo‗lmagan psixologik himoya mexanizmlardan iborat. N. Mak-Vilyams nevrotiklarni qopqog‗i mahkam berkitilib, qaynatilayotgan xumchaga o‗xshatadi. Psixotiklar esa voqelikdan munosabatni ajratib qo‗ygan va kuch himoya mexanizmga ega bo‗lganlar sanaladi. 19-asrdayoq salomatlik bilan bemorlik o‗rtasidagi ―cheklangan maydonga‖ ega patsientlarga ajratishga olib kelgan edi. 20-asrning o‗rtasiga kelib, nevrozlar va psixozlar o‗rtasidagi oraliq zona haqidagi g‗oya paydo bo‗ldi. Xelen Doych buni ―go‗yoki shaxslar deb‖ nomladi . Xox va Polatin "psevdonevrotik shizofreniya" kategoriyasi olib kirishdi. 1953 yilda Nayt cheklangan holarlar haqidagi esseni e‘lon qildi. 1968 ymlda Grinker cheklangan sindromning asoslovchi tadqiqot o‗tkazdilar 1980 yillarda umumqabul qilingan DSM-IV (Diagnostics and Statistics of Mental Disorders atama paydo bo‗ldi. Bemorlarning ajratilgan guruhi xususiyatlari psixotiklarda gallyusinatsiy yoki alahsirash mavjud emas, ammo nevrotiklarda nostabil va aytib bo‗lmaydigan xulq-atvor mavjud. Patsientlarning psixoanalitik davolash vaqtida patsienlar vaqtinchalik psixotik bo‗lib, psixoanalitikdan tashqari holatda barqarorlikni namoyon qiladi6. Mak-Vilyams psixotik, cheklangan va nevrotik darajalari E.Erikson bo‗yicha shaxs taraqqiyot darajasiga to‗g‗ri keladi. Psixotiklar Erikson bo‗yicha taraqqiyotning birinchi darajasiga to‗g‗ri keladi. Ular ishonish yoki ishonmaslik, cheklangan shaxslarda 6 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 597. 42 separatsiya/individuatsiyalar, nevrotiklar – tashabbuskorlik yoki aybdorlik tuyg‗usini kechirish bilan identefikatsiyalashgan. Uch darajadagi shaxs taraqqiyotiga mansub kishilar o‗rtasidagi tafovutlarni aniqlash uchun maxsus standartlashgan so‗rovnomalar patsientlar o‗rtasida o‗tkazilgan. U quyidagi savollar bilan yoritiladi: • Ustuvor sanaladigan himoyalar; • Identiklik integratsiyalashgan darajasi; • Testlashtirishning voqelikka mosligi va o‗zining patologiyasini kuzatishga qobiliyatli; • Asosiy nizolar tabiati; • Ko‗chish va ko‗chishga qarshi xususiyatlar . • Ushbu sxema oqibatida shaxsning alohida darajasi haqidagi xulosaga kelinadi: psixotik, cheklangan va nevrotik7 Download 42.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling