Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. Reja


Download 296.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana14.10.2023
Hajmi296.99 Kb.
#1702933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari



Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari.
Reja:
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
3. Bolalik – ilk yoshlik davri
4. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xos
xususiyatlari
5. Yetuklik davri psixologiyasi – Akmeologiya
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. Yosh davrlari
psixologiyasi. Genetik, tug’ma yoki orttirilgan ijtimoiy omillar.
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish. Davrlarga bo’lishga qaratilgan
klassifikasiyalar. J.Piaje bo’yicha intellektni rivojlanish bosqichlari.
1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh
davrlari sxemasi. E. Eriksonning shaxs “Men”ini rivojlanish
bosqichlariga tayangan klassifikasiyasi.
Bolalik – ilk yoshlik davri. 1 yoshdan keyingi taraqqiyot. 3 yoshgacha
bo’lgan taraqqiyot. Maktabgacha tarbiya yoshi davri. Bolalikning
maktab davri.
O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga
xos xususiyatlari. O’smirlik davri va uning o’ziga xos psixologik
talqini. O’spirinlik davri xos qonuniyatlar. Professional o’z-o’zini
anglash bosqichlari. Yoshlardagi attraksiya va emosional
munosabatlar. Do’stlik. Sevgi.
Yetuklik davri psixologiyasi – Akmeologiya. Levinson tasnifi bo’yicha
yetuklik davrining bosqichlari. Akmeologiya va uning lug’aviy ma’nosi.
Akmeologiya fanining asosiy vazifasi.
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
Mashhur rassom Pablo Pikasso 80 yoshga kirganda: “Yoshlik va
keksalik tushunchasi inson o’zi ruhan qarigandagina ma’lum ahamiyat
kasb etadi. Ayni paytda men ancha keksayib qolganimga qaramay,
o’zimni 20 yoshliday his qilmoqdaman”, – deb yozgan ekan. Ya’ni, inson
umri ma’lum davrlarga bo’linar ekan, uning har bir bosqichi shaxsning
o’zi va yaqinlariga qilgan ezgu ishlarining qadr-qimmatiga ko’ra
baholanadi. Shu bois ham, shaxs taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi


yosh xususiyatlarini bilish ta’lim-tarbiya jarayonida amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Odamning hayotiy yo’lining boshi, uning kamol topishining negizi
aslida Ollohning inoyati bilan bola dunyoga kelishiga asos solingan
dastlabki onlardan boshlanadi. Keyingi taraqqiyot bosqichlari qator
ijtimoiy, biologik, tabiiy, ruhiy, jismoniy omillarga bog’liqki, ushbu
xususiyatlarni psixologiyaning maxsus tarmog’i bo’lgan yosh davrlari
psixologiyasi o’rganadi.
Shunday qilib, shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan
biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning
har bir yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga,
yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri,
temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga
ega bo’lgan ko’rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh
xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatgich nuqtai nazaridan o’rganishi va
shaxs xulqini boshqarish, unga ijobiy ta’sir ko’rsatishda ularga
tayanmog’i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri
shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib,
har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning
biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik bosqichiga erishadi. Masalan,
olamni sensor jihatdan, ya’ni, sezgi va idrok qilish organlari bilishning
yetuklik fazasi 18-25 yoshlarda (Lazarev ma’lumotlariga ko’ra),
intellektual, ijodiy yetuklik – 35 yoshlarda (Leman ma’lumotlari),
shaxsning yetukligi 50-60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi.
Shunga o’xshash xususiyatlar insonning butun umri mobaynida muttasil
kamolga yetib, rivojlanib borishini ta’minlaydi. Shunisi xarakterliki, har
bir yoshda biror funksiyalarning rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning
susayishi hisobiga ro’y beradi. Masalan, bolalikning ilk bog’cha yoshida
fazoga moslashuv juda kuchaysa, keyinchalik uning o’rnini vaqtni
adekvat idrok qilish egallaydi. Qariyalarning biror narsalar xususida
bilimdonligi, ma’lumotlarni yaxshi eslab, ular xususida fikrlay olishi,
psixomotorik funksiyalar va bevosita bilish jarayonlarining susayishi
hisobiga ro’y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-5 yosh davri tilni, uning
lug’aviy va morfologik xususiyatlarini o’zlashtirishga juda maqbul bo’lsa,
yetuklik davri bo’lmish 45-55 yoshlarga kelib ayni shu sifat deyarli o’zini
yo’qotadi (“til qotib qoladi”).
Psixologiyaning maxsus tarmog’i hisoblanmish yosh davrlari
psixologiyasining eng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik
taraqqiyotida qanday omillar – genetik, tug’ma yoki orttirilgan, ijtimoiy


omillar roli yetakchi ekanligi masalasidir. Bir tomondan, bolaning o’z ota-
onalaridan meros sifatida o’zlashtirgan sifatlari, masalan, anatomo-
fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o’ziga xosligi, tana tuzilishi (qo’l,
oyoq, yuz tuzilishi va boshq.), albatta, psixologik jahatdan odam
bolasining muhitga moslashuvi, unda o’zini erkin tutishi va faol
harakatlar qilishi, ro’y berayotgan jarayonlarni ongida ma’lum ma’noda
aynan, to’g’ri aks ettirishiga sabab bo’ladi. Chunki oddiygina anatomik
anomaliya holati (qo’lning kaltaligi, bo’yning juda kichikligi kabi)
psixikaga va shaxsning jamiyatda o’zini tutishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Lekin ikkinchi tomondan, tashqi muhit ta’sirini ham kamsitib bo’lmaydi.
Masalan, agar bola maxsus o’quv maskanlarida o’qimasa, unga tarbiyaviy
ta’sirlar ko’rsatilmasa, uning rivojlanishi qanday bo’lishini tasavvur qilish
qiyin emas.
Bu muammolar ustida bosh qotirgan rus olimlaridan L.Vigotskiy,
S.Rubinshteyn, A.Leontyev, xorijlik J.Piaje, K.Levin va ko’plab boshqa
psixologlar ikkala omil rolini ham inkor qilmagan holda ijtimoiy
muhitning yetakchi ta’siri to’g’risidagi fikrni baravar yoqlaganlar. Chunki
to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o’zaro
munosabatlarning xarakteri, shaxs muloqotda bo’ladigan ijtimoiy
guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma’lumot
masalalarining qanday hal qilinganligi kabi qator ijtimoiy omillar
shaxsning rivojlanishi, uning o’z-o’zini anglashi va o’zgalarga munosabati,
bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga
egaligiga shubha yo’q. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov boshchiligida
mutaqilligimizning dastlabki yillaridayoq boshlangan “Sog’lom avlod
uchun” siyosati farzandlarimizning ham jismonan, ham ruhan, ham aqlan
yetuk bo’lishlariga qaratilgan. Jismonan sog’lom tanada sog’lom ruh
bo’lishi tabiiy.

Download 296.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling