Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. Reja


 Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish


Download 296.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana14.10.2023
Hajmi296.99 Kb.
#1702933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari

2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga
bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy
sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har
qanday olim o’zining “davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero,
insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot
mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning
o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli
bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish –


“davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha
bosqichlarini o’z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga J.Piajening
intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo’lishini kiritish mumkin. U bu
taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan.
D.Elkoninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning
taraqqiyotni
davrlarga
bo’lish
tamoyillariga
asoslanadi.
Bu
klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik,
bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati,
o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish
tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir
bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs
ehtiyojlari va talablari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi.
Professor E.G’oziyevning “Psixologiya” (1994) kitobida bunday
bo’linishlar xarakteristikasi batafsil keltirilgan.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan
klassifikasiyalardan biri – butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965
yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan
sxema hisoblanadi. Quyida keltirilgan 4-jadvalda berilgan xuddi shu
yuqoridagi sxema bo’lib, u Ananyev, Erikson va Birrenlar taklif etgan
klassifikasiyaga asoslangan.

Download 296.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling