5. Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nev


Download 42.59 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi42.59 Kb.
#1443841
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari

5.3. Shaxs tuzilmasining cheklanganlik darajasi
Bu darajadagi shaxslar nevrotik bilan psixotiklar o‗rtasidagi holatni
egallaydilar. Ular birinichi va ikkinchisi bilan solishtirilganda muvaqqat barqarorlikka ega bo‗ladilar. J. Berjer bo‗yicha cheklanganlik tuzilmasi bolalarning lat yeyishlari orqali shakllanadi va cheklanganlik tuzilmasini hosil qiladi.
Cheklangan shaxslar oddiy himoya usullarini qo‗llaydilar. Bu bilan ayrim hollarda psixotiklardan farq qilmaydilar. Ularning o‗rtasidagi tafovut suhbatni to‗g‗ri tashkil etilishi orqali aniqlanadi.
Cheklangan shaxsda Men ajralib qolgan, ziddiyatlar kuzatiladi.
O‗zini izohlashga to‗g‗ri kelganda qiyinchilikni boshdan kechiradi. Cheklangan patsientlar bilan to‗g‗ri suhbat uyushtirish psixotiklardan farq qilish imkonini beradi va o‗zining patologiyasini kuzatishga maqbul bo‗ladi. Ular atrofdagilar bilan ambivalentlikni boshdan kechiradi.
Bir tomondan yaqinlik xohishi, ishonish munosabati aks etsa, boshqa
tomondan esa boshqalar bilan munosabatga kirishishda qo‗rquv hosil bo‗ladi. E.Erikson bo‗yicha shaxs taraqqiyotining ikkinchi bosqichidagi nizo
kuzatiladi: avtonomiya/ uyat (separatsiya/individuatsiya). Cheklangan shaxsga xos xususiyat u bir vaqtni o‗zida yordamga chaqirishi va uni inkor
etishi ham mumkin. Cheklangan bolalarda ob‘ektiv diadik munosabat
kuzatiladi8.
Cheklangan shaxslar bilan terapevtik maqsadda ishlash oqibatida ularda o‗ziga va atorofdagilarga nisbatan muhabbatni shakllantirishdan iborat.

5.4. Shaxs tuzilmasining psixotik darajasi
Bu darajadagi shaxslar bo‗shab qolgan, buzilgan holatda bo‗ladilar. Bu
xususiyatlar Menning ilk bosqichdagi cheklanishlari oqibatida shakllanadi. Menning psixotik tuzilishi Menning nevrotik tuzilmasi oqibatida kelib chiqishi mumkin. U so‗ngra nevrotikka, keyinchalik esa psixotik va psixozga aylanishiga olib keladi.
Psixotiklar verbalgacha, ratsionallikkacha bo‗lgan himoya mexanizmlarga intiladilar. Psixotiklar ―Men kimman?‖ savoliga qiyinchilik bilan javob beradilar. O‗zini yuzaki izohlaydi va xatolarga yo‗l qo‗yadilar.

8 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 202.
44

Voqelikni chalkash, noadekvat testlashtiradi. Psixotiklarning mulohazalarni talqin qilishi ekzistensial qo‗rquvni keltirib chiqarishi hamda patsientda yanada yomonroq holatga o‗zini ifodalashiga sabab bo‗lishi mumkin.


Ekzistensial nizoning asosiy tabiati hayot va o‗lim, xavfsizlik bilan qo‗rquv o‗rtasida kechadi. Bu muammo ishonch yoki ishonchsizlik , otaonalarning qat‘iy ustanovkalari yoki noaniq munosabatlari bilan bog‗liq (masalan, mazoxist ona va sadist otaning mavjudligi). Psixotiklar uchun monadik ob‘ektiv munosabatlar tipikdir.

Download 42.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling