5. Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nev
Download 42.59 Kb.
|
Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari
5.2. Shaxs tuzilmasining nevrotik darajasi
"Nevrotik" atamasi nisbatan emotsional buzilish bilan bog‗liq qiyinchiliklarga duch keluvchi sog‗lom kishilarga nisbatan qo‗llaniladi. Taraqqiyotning birinchi darajasida –oral va anal bosqichda xarakterda hech qanday ortiqcha buzilish kuzatilmaydi. Biroq edip kopleksi bosqichida (3-6 yosh) nevrotik tuzilmada o‗ziga xos o‗zgarish kuzatiladi. J. Berjerida kuzatilishicha, o‗smirlik yoshida bu holat yaqqol kuzatiladi va Menning nevrotik oldi nevrotik tuzilmaviy ko‗rinish olishi va nevrozga o‗sib o‗tishi kuzatiladi. Menning psixotik tuzilmasi esa psixozga o‗sib o‗tishi xosdir. Nevrotiklar ancha yuqori ximoyalanishni boshdan kechirishadi. Ular oddiy himoya mexanizmlarini takomillashtirib, o‗stirib boradilar. Nevrotiklar yetuklik sifatida –siqib chiqarish, intellektuallashtirish, ratsionallashtirish kabi himoyalanishdan foydalanadilar. Shu bilan bir qatorda inkor etish, proektiv identifikatsiya, izolyatsiya va boshqa primitiv himoyalashdan foydalanadilar. Ular idetifikatsiyaning integrallashgan tuyg‗usini egallaydilar va qiyinchiliklarsiz xarakter xislatlarini, qiqziqishlari, temperament xususiyatlari, qadriyatlari va kamchiliklarini aniqlaydilar. O‗z navbatida nevrotiklar boshqa insonlarga ham izoh beradilar. Nevrotiklar voqelik bilan ishonch bilan aloqaga kirishadilar. Ularda gallyusinatsiya, maniakallik tajriba talqini yo‗q. Ular psixoterapevt bilan bir dunyoda yashaydilar. Ammo patsientning bir qator ego qismlari bezovtalantiradi va ular psixoterapevtga murojaat qiladilar. U –ego-diston. Nevrotik darajadagi 7 Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 202. 43 paranoid shaxs boshqa insonlarga shubha bilan qarashida ichki ziddiyat va agressiv tarzda idrok etishi oqibatida yuz beradi. Paranoidlar cheklangan yoki psixotik rpatsientlar hisoblanadilar. Ularni qiyinchiliklari tashqi tafakkur bilan bog‗liq va uning kasalligi va buzilishlari atrof olam xususiyatlari belgilaydi. Download 42.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling