6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Download 70.88 Kb.
|
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org
Ijtimoiy tengsizlik sotsiologiyada individ yoki ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy maqomiga
qarab ijtimoiy-madaniy ne’matlar va boyliklarning notekis taqsimlanishi sifatida tushuniladi. Ijtimoiy tengsizlik kishilar iqtisodiy resurslar va ijtimoiy ne’matlardan bahramand bo’lish, siyosiy hokimiyatda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarga ega bo’lmasliklarini nazarda tutadi. Mazkur jamiyatda daromadlarning eng yuqori va eng past darajalarini taqqoslash tengsizlikni o’lchashning ayniqsa keng tarqalgan usulidir. P.A.Sorokin turli tarixiy davrlarni taqqoslash yo’li bilan quyidagi ma’lumotlarni olgan: o’rta asrlar Germaniyasida mazkur nisbat 1000/1 ga, o’rta asrlar Angliyasida esa – 600/1 ga teng bo’lgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tengsizlik irqiy, diniy, jinsiy, milliy va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tengsizlikning boshqa bir muhim ko’rsatkichi ayollar va erkaklarning insoniy huquqlarini amalga oshirish, taraqqiyotga o’z hissasini qo’shish, shuningdek jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanish natijalaridan foydalanish uchun sharoit yaratishdir. Bu ko’rsatkich gender tengligi tushunchasi orqali ifodalanadi. Ayollarning haq-huquqlarini amalga oshirishda erkaklar foydasiga nomutanosiblik mavjudligini hisobga olib, O’zbekiston hukumati ularning muammolarini yechishga alohida e’tibor qaratadi. Mazkur muammolar orasida teng imkoniyatlar to’g’risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, oliy ma’lumot olishda gender tengligini ta’minlash, qarorlar qabul qilish jarayonida xotin-qizlar ishtirokini faollashtirish, qishloq ayollarining salohiyatini kuchaytirish, ayollar bilan savdo qilish, xotin-qizlar orasida prostitutsiyaning, erkaklar orasida esa – poligamiya (ko’p xotinlilik)ning oldini olish alohida o’rin egallaydi. Ayni paytda, vaziyat tahlili xotin-qizlarni kamsitish hollari amalda hanuz mavjudligini, ular asosan ish beruvchilar huquqiy bilimlari darajasining pastligi, an’anaviy oilaviy ukladni noto’g’ri tushunish va ijtimoiy ongda gender stereotiplari mavjudligi bilan belgilanishini ko’rsatadi. Shunday qilib, gender tengligi xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi yagonalik va farqlar, shuningdek ular o’ynaydigan rollar jamiyat tomonidan teng darajada baholanishini o’zida ifodalaydi. Bugungi kunda O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtasida tenglikka erishish asosan boshlang’ich va o’rta ta’limda jinslar o’rtasida tengsizlikka barham berishni taqozo etadi va gender tengligining uch vazifasini o’z ichiga oladi: 1) savodlilik darajasi; 2) noqishloq xo’jalik mehnati bilan band bo’lgan xotin-qizlar ulushi; 3) milliy parlamentda ayol-deputatlar ulushi. Ijtimoiy tengsizlikning sababi nimada? Buning sababi bitta: aholining turli toifalari ijtimoiy ahamiyatga molik ne’matlar, taqchil resurslardan bahramand bo’lishda teng imkoniyatga ega emasligi. Ammo jamiyat tarixida ijtimoiy tengsizlikning namoyon bo’lish shakllari har xil bo’lgan. Ijtimoiy struktura urug’doshlik va nikoh bilan ayniylashtirilgan ibtidoiy jamiyatlarda ijtimoiy tengsizlik mavjud bo’lmagan. Umuman olganda, ijtimoiy strukturaning tadrijiy rivojlanish yo’lini quyidagicha tavsiflash mumkin. Jamiyat rivojlanish jarayonining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy struktura shaxslararo munosabatlar bilan bog’lanadi, shu tufayli ham davlat yo’q, sirtdan majburlash, huquq va shu kabilarga zarurat mavjud emas. Aloqalarning barqarorligi jamoatchilik fikri yordamida ta’minlanadi. Keyinchalik (aholi sonining o’sishiga, mehnat taqsimoti va ijtimoiy stratifikatsiya paydo bo’lishiga qarab) ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini quvvatlash uchun shaxslararo o’zaro aloqalar tizimining o’zi kifoya qilmaydi. SHu bois turli ijtimoiy tuzilmalar va institutlar paydo bo’ladi va asosiy barqarorlashtiruvchi omillarga aylanadi. Hozirgi zamon jamiyatida kuchli ijtimoiy-sinfiy bo’linish mavjud emas, jamiyat amalda bo’rtib namoyon bo’luvchi imkoniyatlar tengligi bilan tavsiflanadi. Har qanday jamiyatning, shu jumladan uning ijtimoiy strukturasining barqarorligi Download 70.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling