6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Startifikatsiya modellari va turlari
Download 70.88 Kb.
|
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org
2. Startifikatsiya modellari va turlari
Bernard Barber individlarning sotsial tizimlarda turli xolatlarni egallashiga qarab, ularning ierarxiyasi asosida sotsial stratifikatsiyaning piramida va romb shaklidagi ikki modelini yaratgan. U o‘zining stratifikatsion modellarini uch toifaga ajratgan: yuqori qatlam, o‘rta qatlam va quyi qatlam. Yuqori qatlam – aholining elitasini tashkil etuvchi ozchilik bo‘lib, ularning daromadini nazorat qilish soliq solish orqali amalga oshiriladi. O‘rta qatlam – sotsial ierarxiyaning ikki qutbi oraisdagi oraliqni egallovchi insonlar guruhi bo‘lib, ular daromadining miqdori, iste'mol qilish qobiliyati va xarakteri, turmush uslubi va asosiy qadriyatlari kabi ko‘rsatkichlar orqali bir-biriga yaqin turadilar. Ammo ular ma'lumoti, mashg‘ulot turi, daromad manbai kabi kriteriylar orqali farqlanadi. Shunga qaramay, o‘rta qatlam jamiyat barqarorligi va farovanligini ta'minlab turuvchi poydevor sanaladi. Mazkur qatlam ko‘lami qanchalik keng bo‘lsa, u yuqori va quyi qatlam kamchiliklarini osonlik bilan bartaraf eta oladi. Quyi qatlam - yuqori turuvchi qatlam bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘lmagan va jamiyatning “tubini” tashkil etuvchi insonlar guruhi. Ularni ba'zi adabiyotlarda autsayder 115 lar nomi bilan ham atashadi. Piramidal va romb shaklidagi stratifikatsion modellar jamiyatda hamisha ozchilikni tashkil etuvchi elita qatlami borligini ko‘rsatadi. Shu bilan bigalikda piramida ko‘rinishidagi stratifikatsion tizimlarda o‘rta qatlam elita qatlamidan ko‘proq bo‘lsada, aksariyat insonlar quyi qatlamda joylashganini ko‘rish mumkin. Barberning fikricha, so‘nggi yuz yil ichida g‘arb jamiyati piramida ko‘rinishidagi tipdan romb ko‘rinishidagi timpga o‘tdi. Olimning fikricha, zamonaviy tipdagi jamiyatlarda endilikda taraqqiyot va turmush darajasiningn ko‘tarilishi natijasida romb shaklidagi stratifikatsion model qaror topadi va shakllanadi. U.Uorner tomonidan ishlab chiqilgan AQSh jamiyatining olti sotsial sinfdan iborat bo‘lgan stratifikatsion modeli g‘arbning bir qator sotsiolog olimlari (K.Devis, U.Mur, R.Koleman, L.Reyuoter, R.Darendorf) tomonidan rivojlantirildi. Mazkur model asosini sotsial ierarxiya tashkil etadi. Unga ko‘raAQSh jamiyati stratifikatsiyasi quyidagicha ko‘rinishga ega: - Yuqori yuqori sinf – umummilliy korporatsiyaning bosh boshqaruvchisi, nufuzli firmaning boshlig‘i, yuqori harbiy unvon egasi, federal sudya, birja egasi, yirik arxitektor, yuqori malakali shifokor, arxiepiskop - Yuqori sinf – o‘rta darajadagi firmaning boshqaruvchisi, muhandis-mexanik, gazeta egasi, amaliyotchi shifokor, amaliyotchi yurist, kolledj o‘qituvchisi - Yuqori o‘rta sinf – bank kassiri, munitsipal kolledj o‘qituvchisi, o‘rta darajadagi boshqaruvchi, maktab o‘qituvchisi - O‘rta o‘rta sinf – bank xodimi, tish shifokori, boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi, sug‘urta kompaniyasi xodimi, magazin boshqaruvchisi, malakali usta - Quyi o‘rta sinf - Avtomexanik, parikmaxer, barmen, jismoniy mehnatda band bo‘lgan malakali ishchi, mehmonxona xizmatchisi, pochta xodimi, politsiyachi, yuk mashinasi haydovchisi - O‘rta quyi sinf – taksi haydovchisi, o‘rta malakali ishchi, benzin quyuvchi, ofitsiant, shveytsar - Quyi quyi sinf – idish yuvuvchi, uy xizmatkori, bog‘bon, shaxtada ishchisi, supuruvchi va h.k. davlat qaramog‘idagi ishsizlar. Rossiyalik sotsiologlar Z.T.Golenkova vaE.D.Igitxanyanning fikricha, bugungi kunda jamiyatning uchta stratifikatsion modelini ajratib ko‘rsatish mumkin: limon, eyfel minorasi va yerga bosilgan piramida modeli. Olimlarning ta'kidlashlaricha, bozor iqtisodiyoti rivojlangan iqtisodiy barqaror mamlakatlarda limon shaklidagi stratifikatsion modelni ko‘rishimiz mumkin. Eyfel minorasi modeli ko‘p hollarda Lotin Amerikasi mamlakatlariga xos bo‘ladi. Ularda quyi qatlam ko‘lami keng bo‘lsada, o‘rta qatlam yuqoriga cho‘zilgan bo‘ladi. yerga bosilgan piramida modeli markaziy va Sharqiy yevropa, jumladan, ittifoq qulashidan keyingi ilk yillardagi Rossiya uchun xos bo‘lib, unda 80 foizga yaqin jamiyat a'zolari quyi qatlamga, 3-5 foizi elitaga kiradi. O‘rta qatlam esa deyarli mavjud bo‘lmaydi. Download 70.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling