6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Sotsial mobillik tushunchasi va uning turlari


Download 70.88 Kb.
bet12/14
Sana28.10.2023
Hajmi70.88 Kb.
#1732057
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org

1. Sotsial mobillik tushunchasi va uning turlari 
Sotsial stratifikatsiya nazariyasi jamiyatni turli qatlamlarga bo’lish kriteriylarini ishlab chiqish bilan
birga sotsial mobillik nazariyasi uchun nazariy asos sanaladi. Jamiyatning ierarxik tuzilishi doimiy va
o’zgarmas emas, undagi elementlar orasida doimiy ravioshda o’zaro ta’sirlar, o’zgarishlar va harakatlar
bo’ladi. Mana shu holatlar sotsiologiyada sotsial mobillik nuqtai nazaridan tadqiq etiladi.
Sotsial mobillik – individ yoki guruhning jamiyat stratifikatsion tizimida egallagan sotsial 
maqomini,statusini o‘zgartirilishi,ya'ni insonlarning sotsial ko‘chishlaridir.Bu yerdf shaxsning bir sinfdan 
ikkinchi bir sinfga, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o‘tishi va jamiyat ijtimoiy tarkibida 
tutgan o‘rnini o‘zgarishinazarda tutilmoqda. 


Shaxsning umri misolida bu uning go‘daklik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yoshlik, qarilik davrlarida


namoyon bo’ladi. Undan tashqari insonma'lumot olishi, oila qurishi, hunar o‘rganishi, kasb egallashi orqali
ijtimoiy o’zaruvchanlikka uchraydi va uning jamiyatdagi o‘rni - statusi o‘zgarib boradi. O‘quvchi, talaba,
muhandis, nafaqaxo‘r kabi.
Jamiyat misolida bu undagi insonlar hayotida ro’y beruvchi ijtimoiy o‘zgaruvchanlik jarayoni orqali
namoyon bo’ladi. Sinflarning paydo bo‘lishi, sinflarning bir ko‘rinishdan ikkinchi bir ko‘rinishga o‘tishi,
jamiyat sinfiy strukturasining o’zgarishi,jamiyat ishlab chiqarish kuchlari joylashuvining o’zgarishi, fan,
texnika, madaniyat va sa'nat taraqqiyotida o‘z aksini topadi. Masalan, qul, dehqon, ishchi, sovxozchi, 
pomeshchik, kapitalist, fermer. 
«Sotsial mobillik» termini sotsiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan.Mobillik
inglizcha“mobilite” so’zidan olingan bo’lib, «ko‘chish», «safarbarlik» ma'nosini anglatadi. P.Sorokin o’z
nazariyasida sotsial mobillikni ikki turga ajratgan: vertikal va gorizontal sotsial mobillik.
Gorizontal mobillik individning bir sotsial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o‘tishini
anglatadi.Mobillikning bu turi yashash joyini o’zgartirish, boshqa diniy guruhga o’tish kabilarda namoyon
bo’ladi.Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o‘tishni, ya’ni hayoti davomida insonning yuqori
statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashtirishni nazarda tutadi. Masalan, oddiy ishchining
korxona prezidenti darajasiga ko‘tarilishi yoki teskari jarayon.
Vertikal mobillik o‘z o‘rnida yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Yuqoriga yo‘naltirilgan sotsial
ko‘tarilish,yuqoriga harakatni,pastga yo‘naltirilgani -sotsial tushish,pastga harakatni anglatadi.
Shunga ko‘ra, P.Sorokin ko‘tariluvchi sotsial mobillik va quyiga yo‘naltirilgan sotsial mobillik
tushunchalarini ham kiritgan. Sotsial ierarxiya bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilish ijtimoiy ko‘tarilish nomi bilan
atalgan. Uning aksi esa sotsial tushish nomi bilan yuritiladi.
Sotsial mobillik boshqa shaxs va guruh nuqtai nazaridanindividual va guruhiy mobillik
119
turlariga 
ajratiladi.
Individual mobillik-individning boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan holda gorizontal yoki vertikal chiziq
bo‘yicha yuqoriga va pastga ko‘chishidir.
Guruhiy mobillikda ko‘chishlar guruhiy,kollektiv holda sodir bo‘ladi,u yoki bu strataning sotsial
mavqe’i o‘zgaradi.P.Sorokinning fikricha, guruhiy mobillikning sababi sifatida quyidagi holatlar namoyon
bo’ladi:
- sotsialistik revolyusiyalar
- chet el intervensiyasi, bostirib kirishi
- davlatlararo urushlar
- fuqarolik urushlarti
- harbiy to’ntarishlar

Download 70.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling