6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 70.88 Kb.
bet3/14
Sana28.10.2023
Hajmi70.88 Kb.
#1732057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org

Ijtimoiy stratifikatsiya – iyerarxiyaviy darajalashtirilgan ijtimoiy tengsizlik, shuningdek
individlar va guruhlarni ijtimoiy belgilarga ko’ra o’zaro teng bo’lmagan guruhlarga ajratish
jarayoni va natijasi. (Ijtimoiy stratifikatsiya – jamiyatning tabaqalanishi). Stratifikatsiya tizimi
ijtimoiy tabaqalanish xususiyati va uni qaror toptirish usulini nazarda tutadi.
Tizim tipi 
Tabaqalashtirish asosi 
Farqlarni belgilash usuli 
Fizik-genetik
Tabiiy
belgilar: jins,
yosh, jismoniy ko’rsatkichlar
Jismoniy majburlov, odat
Quldorlik
Mulkdorlik va
fuqarolik
huquqlari
Harbiy majburlov
Tabaqalar tizimi
Diniy va etnik mehnat taqsimoti
Diniy rasm-rusumlar
Qatlamlar tizimi
Davlat oldidagi majburiyatlar
Huquq
Etakratik (davlat
hokimiyati)
Hokimiyat
iyerarxiyasidagi
darajalar
Harbiy-siyosiy hukmronlik
Mulk (ishlab chiqarish vositalari)


Sinfiy
hajmlari


Bozorga oid ayirboshlash
Ijtimoiy-kasbiy
Kasb-kor va malaka
Ta’lim sertifikatlari
Madaniy-normativ
Yashash uslubi
Axloqiy tartibga solish va
taqlid
Madaniy-simvolik
Sakral (diniy) bilimga egalik
Manipulyatsiya qilish (diniy,
texnokratik, mafkuraviy)
3.1
jadval
Har bir jamiyat turli xil stratifikatsiya tizimlari va ularning bir-biriga o’tuvchi
ko’rinishlarining murakkab birikmasi hisoblanadi. Jamiyatni qatlamlarga ajratish mezonlari
ob’yektiv va sub’yektiv bo’ladi, shu bois ijtimoiy stratifikatsiyani ob’yektiv va sub’yektiv
omillar

ob’yektiv ijtimoiy tabaqalashtirish va sub’yektiv ijtimoiy baholash yordamida
tushuntirish mumkin.
Ijtimoiy tabaqalashtirish – jamiyatni elementlarga ajratish, ijtimoiy organizmning
tarkibiy qismlarini belgilash va ularning ixtisoslashuvi, yangi strukturalar, maqomlar va
rollarning paydo bo’lishi. Bu atamani birinchi bo’lib G.Spenser funksional-ixtisoslashgan
institutlar va mehnat taqsimotining paydo bo’lish jarayonini tavsiflash uchun kiritgan.
E.Dyurkgeym ijtimoiy tabaqalashtirishni aholi zichligining o’sishi, shaxslararo va guruhlararo
aloqalarning kuchayishi bilan bog’lagan.
Ijtimoiy tabaqalashtirishga tarixiy misollar sifatida chorvachilikning dehqonchilikdan
ajratilishini, keyinchalik esa – ulardan hunarmandchilik va savdo, so’ngra – fan, ta’lim,
boshqaruvning ajralib chiqishini keltirish mumkin. Bugungi kunda tabaqalanish jamiyatni
axborotlashtirish bilan uzviy bog’liq. Mazkur jarayon natijasida jamiyatda yangi ixtisosliklar
paydo bo’lmoqda, eski kasb-korlar, faoliyat turlari mazmuni yangilanmoqda. Bu jarayonlar
jamiyat ijtimoiy strukturasida, turli ijtimoiy guruhlarning maqomlari, manfaatlari, qadriyatlari,
normalari, rollari, turmush tarzi va ko’nikmalarida ham o’zgarish yasamoqda.

Download 70.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling