6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Download 70.88 Kb.
|
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konflikt nazariyasi
Funksionalizm nazariyasi ijtimoiy tengsizlik normal rivojlanayotgan har qanday
ijtimoiy tizimning zaruriy xossasi hisoblanishidan kelib chiqadi. E.Dyurkgeym “Mehnat taqsimoti haqida” (1893) asarida har bir jamiyatda konkret faoliyat turlari ko’proq obro’ga ega bo’ladi va bu jamiyatning iyerarxiyaviy tuzilishini belgilaydi, degan fikrni asoslashga harakat qilgan edi. Uning fikricha, jamiyatning barcha funksiyalari iyerarxiyaviy tartibda joylashtiriladi. Ijtimoiy funksiyalar iyerarxiyasi asosida mazkur funksiyalarni bajaruvchi ijtimoiy qatlamlarning tegishli iyerarxiyasi tarkib topadi. Funksionalizm nuqtai nazaridan, bironta ham jamiyat sinfiy tabaqalanishsiz mavjud bo’la olmaydi, chunki ijtimoiy ne’matlarni taqsimlashda tengsizlik ijtimoiy strukturada individlarning joylashuvi va motivatsiyasi vazifalarini yechish uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, ijtimoiy tengsizlik jamiyat uchun foydalidir, chunki ijtimoiy stratifikatsiya tizimi mazkur ijtimoiy strukturani hosil qilgan barcha maqomlar to’lishiga imkoniyat yaratadi. Funksionalizm nazariyasi ijtimoiy tengsizlikka jamiyat yashab qolishining eng muhim usuli sifatida qaraydi. Funksionalizm tanqidchilarining ko’pchiligi mazkur nazariyada sub’yektivizm kuchli ekanligini qayd etadi: yaxlit organizm sifatidagi jamiyat funksional rang- barangliksiz mavjud bo’la olmaydi (barcha funksiyalar ijtimoiy organizm uchun teng darajada muhimdir), strukturaviy-funksional tahlil esa ulardan ayrimlarini eng muhim funksiyalar sifatida ajratadi (qaysi asoslarga ko’ra – ma’lum emas). Konflikt nazariyasi namoyandalari yirik ijtimoiy guruhlar (sinflar)ning manfaatlaridagi farqlarga (qarama-qarshiliklarga) e’tiborni qaratadilar. Marksizm asosiy ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkning mavjudligidan, moddiy ne’matlarning notekis taqsimlanishidan ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. SHu tufayli ham marksizmda ijtimoiy stratifikatsiya deganda jamiyatning sinfiy bo’linishi tushuniladi. Konflikt nazariyasi namoyandalari jamiyatga kurash maydoni sifatida qaraydilar. Bu maydonda individlar va ijtimoiy guruhlar turli imtiyozlar, hokimiyat, nufuz va shu kabilarni qo’lga kiritish yoki qayta taqsimlash uchun kurashadilar. Ushbu nazariyaga ko’ra, har bir tarixiy davrga o’z iqtisodiy munosabatlar tipi, binobarin, muayyan guruhlarning boshqa guruhlar ustidan iqtisodiy va siyosiy hukmronligini mustahkamlashning konkret mexanizmi xosdir. Funksionalistlar diqqat markazidan jamiyat a’zolarining umumiy manfaatlari o’rin olgan bo’lsa, konfliktologiya namoyandalari asosiy e’tiborni manfaatlar o’rtasidagi farqlarga qaratadilar. Bundan mazkur yondashuvning afzalliklari va kamchiliklari kelib chiqadi. Bir tomondan, mazkur nazariya boylik va hokimiyat o’rtasidagi haqiqiy aloqani qayd etadi (iqtisodiy hukmron sinf, odatda, siyosiy hukmronlikka ham ega bo’ladi), boshqa tomondan esa, jamiyatning rivojlanishi va faoliyati manzarasini haddan tashqari qashshoqlashtiradi, unga faqat sinfiy kurash atamalarida yondashadi. Ijtimoiy stratifikatsiyani ko’pincha ijtimoiy tengsizlik bilan ayniylashtiradilar, ya’ni aholini yuqori va quyi tabaqalar, boylar va kambag’allar, boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga ajratadilar. Biroq ijtimoiy stratifikatsiyani ijtimoiy tengsizlik bilan ayniylashtirish mumkin emas (masalan, ibtidoiy jamoada ijtimoiy tengsizlik yo’q, biroq ijtimoiy struktura – jamiyatning yosh, jins, qarindoshlik, totemga oid va boshqa belgilarga ko’ra bo’linishi tarzida – mavjud). Download 70.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling