6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1134277
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
6-Mavzu (2)

(Lotin Amerikasi mamlakatlarida) shakliga keltirish osonroq kechadi. SHuning uchun mazkur holatdan 
paytida foydalanish lozim. SHunda ko‘pchilik o‘rta qatlam vakili sifatida o‘zini yaxshi his qiladi va sinflar 
o‘rtasidagi masofa kamayib, norozilik kayfiyati pasayadi. Demak, o‘rta qatlamni shakllantirgach, mavjud 
sotsial tensizliklarning sotsial adolatga mos bo‘lishini o‘rta sinf doirasida o‘rganish va unga moslash 
maqsadga muvofiq. 


Sotsial integratsiya va dezintegratsiya jarayonlarini o‘rganish sotsial tengsizlikni tushunish imkonini 
beradi. CHunki dezintegratsiya tarqoqlik belgisi bo‘lib, fikrlar va qarashlarning qarama-qarshiligini 
ifodalaydi. Sotsial integratsiya esa turli sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘unligi, birdamligini 
nazarda tutadi. Integratsiyaning absolyutlashuvi qaysidir ma’noda sotsial konfliktning oldini olishi mumkin. 
Bunda ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch va jamiyat rivoji inobatga olinmaydi. Asosiy urg‘u 
jamiyat elementlarining uyg‘unligiga qaratiladi. Platon, Gobbs, O. Kont, E. Dyurkgeym va ayniqsa T. Parsons 
shu g‘oyaning tarafdori bo‘lgan. Sotsial dezintegratsiyaning integratsiyaga zid jarayon sifatida eng keng 
tarqalgan ko‘rinishi umumiy sotsial qadriyatlar, sotsial tashkilotlar va institutlarning yo‘qolib ketishidir. U 
tizimni parchalaydi, ammo uning tarkibiy elementlariga ta’sir etmasligi mumkin. Ko‘pchilik sotsiologlar 
ijtimoiy nazoratning susayishini ifodalash maqsadida mazkur tushunchani ishlatishadi. Ba’zilari esa sotsial 
xulq-atvor qoidalarining ta’siri pasayishiga nisbatan qo‘llaydi (U. Tomas, F. Znanetskiy). Sotsial 
dezintegratsiya tushunchasi shaxs yoki guruh tashkilot normalari, ya’ni qabul qilingan institutsional xulq-
atvor me’yorlaridan chekinishi holatini ham ifodalaydi. SHu nuqtai nazardan uni «anomiya» tushunchasiga 
yaqinligini ko‘rishimiz mumkin. Sotsial integratsiya istalgan jamiyatda majburlov shakllari va stixiyali 
ravishda paydo bo‘lgan birdamlikka asoslanadi. Integratsiya va jamiyatdagi birdamlik bir-biriga uzviy bog‘liq. 
Agar jamiyatdagi birdamlik kuchsiz bo‘lsa, undagi munosabatlarni ratsionallashtirish juda qiyin kechadi. 
Misol qilib aytadigan bo‘lsak, Rossiyada bugungi kunda jamiyatning dezintegratsisi tendensiyasi o‘sib 
bormoqda. Olimlar buning asosiy sababini sotsial guruhlar va individlarning «yagona» sotsial muhitni 
tasavvur qilishdagi farqlarida, deb baholashmoqda. Bu erda integratsiya va dezintegratsiya jarayonlarida 
ratsional asos (qadriyat va maqsadlari yuzasidan konsensus) dan ko‘ra irratsional va emotsional turtki 
(etnomilliy, diniy va mahalliy) ustunlik qiladi. Sotsial stratifikatsiya tamoyillari tubdan o‘zgarmoqda. Rossiya 
jamiyati yangi asoslarga tayangan holda qayta tuzilishni boshdan kechirmoqda. 
O‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, shunday holatni mamlakatimizda ham ko‘rishimiz mumkin. Bizning 
jamiyatimiz ham mustaqillikka erishilgach, demokratiya yo‘lida yangi islohotlar natijasida transformatsiya 
hodisasini boshdan kechirdi. Bu sharoitda yangi sotsial tengsizliklarning vujudga kelishi va ularga nisbatan 
fuqarolarning o‘ziga xos fikri shakllanishi tabiiy holat. Har doim yangilik omma tomonidan qarshilik bilan 
kutib olinishini yodda tutmoq zarur. CHunki islohotlarni amaliyotga tez tadbiq qilish imkoni bo‘lsada, ammo 
fuqarolar ongida o‘zgarishlar sekin-astalik bilan qabul qilinadi. Siyosiy o‘zgarishlar bilan birgalikda 
mustaqillikning ilk yillarida iqtisodiy jarayonlar – ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik, inflyasiya – 
jamiyatning katta qismi maoshlari va nafaqalariga ta’sir qilib, real daromadlarini sezilarli darajada kamaytirdi. 
Bugungi kunda mazkur ahvol ancha yaxshilandi. Mamlakatimizdagi keyingi ijtimoiy-stratifikatsion 
jarayonning rivojlanishi, sotsial strukturaning transformatsiyasi iqtisodiy va siyosiy islohotlarning tezligi va 
yo‘nalishiga, shuningdek, mamlakatning sotsiomadaniy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘zbekistonda yuz berayotgan modernizatsiya jarayonini va bugungi kundalik hayotni o‘rgangan holda 
quyidagi holatlarni ko‘rishimiz mumkin: 
- institutsional asoslarning o‘zgarishi, ya’ni xususiy mulk paydo bo‘lishi. Bugungi kunda mamlakatda 
xususiy mulk miqdorining ortib borayotganini aytib o‘tish lozim. 
- rejali taqsimot tizimining o‘rniga erkin, bozor munosabatlariga asoslangan tizimning shakllanishi bir 
xil imkoniyatlar sharoitida raqobat hissining shakllanishi va turli hildagi daromad olish, bandlik tizimidagi 
chuqur o‘zgarishlar. O‘rta va kichik biznesning rivojlanishi natijasija jamiyatimizda iqtisodiy kriteriy bo‘yicha 
tadbirkorlardan tashkil topgan o‘rta sinf shakllantirilmoqda. Albatta ushbu holatni ijobiy deya baholash 
o‘rinli. 
- ilk yillarda iqtisodiyotda kuzatilgan notekisliklar aholi ko‘p qismining turmush darajasiga salbiy 
ta’sir etdi, ya’ni pasayishi kuzatildi. Ammo bugungi kunda aholi 
- daromadlari yildan-yilga orta bormoqda, jumladan, 2009 yilda
123
o‘rtacha oylik darajasining o‘sishi 
40 foizga, aholi daromadlari esa 26,5 foizga ko‘payganini ko‘rish mumkin. 


- sotsial anomiya, ya’ni qadriyat va normalardan tarkib topgan bir tizimning buzilishi va yangisining 
xali to‘la shakllanmaganligi. Fuqarolarda iqtisodiy ong va tafakkurni shakllantirishdagi muammolar. Undan 
tashqari huquqiy, siyosiy tafakkur borasida ham muammolar mavjud. SHuningdek, e’tiqod masalasi bugungi 
kunda o‘rganilishi kerak bo‘lgan masala bo‘lib kelmoqda. 
- sotsial deprivatsiya yoki hayotiy ehtiyojlarni qondiruvchi moddiy va ma’naviy resurslarga etishish 
imkonining cheklanganligi, ba’zan esa bunday imkonning yo‘qligi. Deprivatsiya tengsizlikning bir ko‘rinishi 
bo‘lib, mazkur holatda individ yoki guruh o‘zini boshqalarga nisbatan kamsitilganday his qiladi. Uning bir 
qancha ko‘rinishlari bor: iqtisodiy (daromadning noteng taqsimlanishi), ijtimoiy (prestij, hokimiyat, yuqori 
maqom kabilarni taqsimlashda ayrim individlarning boshqalarga nisbatan yuqori baholanishi), ahloqiy 
(jamiyatdagi qadriyatlar va individ dunyoqarashining mos tushmasligi), psixologik (jamiyat individni tan 
olmaganligi uchun unda qadriyatlar vakuumi yuzaga kelib, yangi e’tiqod, qadriyat, an’analarni qidira 
boshlaydi). Deprivatsiyaning sabablarini inson anglangan yoki anglanmagan bo‘ladi. Har ikki holatda shaxs 
ushbu holatdan chiqishni istaydi. Ammo kasta kabi stratifikatsion tizimda yashovchi insonlar deprivatsiyalar 
qadriyat va normalar bilan mustahkamlangani uchun chorasiz vaziyatda 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling