6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu (2)
P.Sorokin ham o‘zining 1920 yil chop etilgan “Sotsiologiya tizimi” asarida hamda keyinchalik AQShda
olib borgan faoliyati davomida stratifikatsiya nazariyasining asosini tashkil etuvchi qator tushunchalarni tizimg solib, ularning mohiyatini ishlab chiqdi. Ularga misol qilib “bir asosli stratifikatsiya”, “ko‘p asosli stratifikatsiya”, “sotsial mobillik” kabilarni keltirish mumkin. Pitirim Sorokin «Sotsial stratifikatsiya nazariyasi» nomli asarida o‘zining quyidagi fikrlarini ilgari surgan. Sotsial stratifikatsiya deyilganida, ma'lum insonlarning birlashmasining yoki butun jamiyat aholisining ierarxik ranglarda sotsial sinflar, guruhlar va statuslarga differensiatsiyasi tushuniladi va u mol-mulk, daromad, hokimiyat, ta'sir doirasi kabilarning noteng taqsimlanishida o‘z ifodasini topadi. Pitirim Sorokin stratifikatsion kriteriylarning uchta kategoriyasini ishlab chiqqan. Ular asosida sotsial stratalar bir-biridan farqlanadi. Bular: Ijtimoiy-iqtisodiy – mol-mulk, daromad,mehnatni tashkil qilishda tutgan o‘rni, ishlab chiqarish tizimidagi o‘rni, strataning statusi; Ijtimoiy-professional – mehnatning xarakteri va tarkibi,mehnat sharoiti, professinal malaka va umumiy ma'lumotlilik darajasi, kasbning prestiji, faoliyat sohasining obro‘si; Ijtimoiy-siyosiy status - hokimiyat, ta'sir ko‘rsatish doirasi, astoriteti Yuqoridagi keltirilgan farqlar asosida P.Sororkin sotsial stratalarni quyidagicha tasniflagan: Elementar stratalar – bir kriteriy asosida; Kumulyativ stratalar – ikki va undan ortiq kriteriylar asosida; Konglomerativ stratalar – elementar va kumulyativ stratalar asosida, ularning hajmi o‘ta katta bo‘ladi. Misol uchun “oltin milliard”. M.Veberdan tashqari sotsial stratifikatsiya nazariyasiga rivojiga T.Parsons, R.Darendorf, B.Barber, K.Devis, U.Mor, R.Kollinz kabi olimlar o‘z xissasini qo‘shdi. ularning fikricha, “sinf” tushunchasi faqat o‘tmishdagi jamiyatlarning strukturalarini tadqiq etishda qo‘llanilishi mumkin.Zamonaviy postindustrial jamiyatlar uchun bu tushunchani qo‘llashning keragi yo‘q. Chunki u zamonaviy jamiyatdagi stratalarning mulkiy munosabatlarini belgilab, mohiyatini ochib bera olmaydi.Zamonaviy postindustrial jamiyatlarda mulkiy munosabatlar o‘zining aniqlik ko‘rsatkichini yo‘qotgan. Endilikda korxona aksiyalarining mulkdori sifatida korxonani boshqaruvchi a'zolardan iborat guruh vakillari bilan birgalikda oddiy ishchilar ham namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun zamoanaviy jamiyatlarda yuz bergan shu kabi global o‘zgarishlar oqibatida sotsiologiyada qatlamlarni ilgari ifodalagan “sinf” tushunchasini “strata”, ya'ni qatlam tushunchasi bilan almashtirish lozim. Strata - lotincha “strata” so‘zidanolinganbo‘lib, “qatlam”, deya tarjima qilinadi. Mazkur tushuncha sotsiologiyaga geologiya fanidan o‘zlashtirilgan hisoblanadi.U sotsiologiyada jamiyat strukturasini tashkil etuvchi guruh va shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi Shunga ko’ra, sotsial stratifikatsiya nazariyasi marksizm sotsiologiyasining sinflar va sinfiy kurash nazariyasiga zid bo‘lib, u jamiyatning ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga nafaqat mulkiy munosabatlar, balki ma'lumoti, psixologik jihatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy bandligi, daromadi va boshqa xususiyatlarga asosan bo’lishni yoqlaydi. Amerikalik sotsiolog T.Parsons: «Stratifikatsiya - ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatining asosiy yuzaga keltiruvchisi» deb, uni rivojlantirdi. G‘arb mamlakatlari sotsiologlari jamiyatni «yuqori», «o‘rta», «quyi» qatlamlardan iborat deb talqin qilishadi. Masalan, g‘arbiy Germaniyalik sotsiolog R.Darendorf jamiyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilar toifasiga bo‘ladi. O‘z navbatida boshqaruvchilar toifasi 2 guruhdan iborat bo’lgan: a) mulkdor boshqaruvchilar va b) mulkdor bo‘lmagan boshqaruvchilar - ma'muriy byurokrat menedjerlar. Boshqariluvchilar toifasi ham 2 ga bo’lingan: yuqori - «ishchi aristokratiyasi» va quyi - past malakali ishchilar. Jamiyatni o‘rganish tamoyillari, ijtimoiy-iqtisodiy vokelikka yondashuv xususiyatlari doimiy ravishda o‘zgarib, takomillashib boradi.Totalitar tuzum davrida ijtimoiy taraqqiyotning bosh sababi sinflararo kurash deb qaralganligi sababli jamiyatdagi muammolarga umumiy yondashib, bir sinf vakillari bilan ikkinchi sinf vakillari qarashlaridagi tafovutni aniqlash barcha ijtimoiy fanlar xususan sotsiologiyaning ham asosiy ilmiy tadqiqot tamoyillaridan hisoblangan. Keyingi 20 yillikda G‘arb, xususan AQShda rivojlangan o‘rta tabaqa konsepsiyasini o‘rta sinf konsepsiyasi bilan ayni uyg‘unlashtirish tendensiyasi yuz bermoqda. O‘rta sinf jamiyatni o‘ziga xos milliy, irqiy intellektual va moliyaviy tenglik va barqarorlik me'yori sifatida o‘ziga xos ijtimoiy konsensus vazifasini ham o‘tamoqda. Shu boisdan o‘rta sinf hissasining ortishi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik sharti sifatida ham talqin etilmoqda. O‘rta sinf vakillari miqdori esa ulardagi ko‘chmas mulk hajmi, bankdagi mablag‘lari, turli manbalardan olgan foydalari, boshqa daromadlardan davlatga to‘lanadigan soliqlari salmog‘iga ko‘ra yilma- yil aniqlab boriladi. G‘arb mamlakatlari turmush tarzini o‘ziga xos barometri vazifasini o‘tayotgan o‘rta sinf fenomeni garchi rivojlangan Yevropa davlatlari uchun ijtimoiy - iqtisodiy qadriyat darajasida kelinayotgan bo‘lsa-da, bu qadriyat o‘rta sinf vakillarini yuqori va quyi sinf vakillari bilan ma'naviy yaqinlashtirish imkonini bermadi. Bugungi kunda dunyo sotsiologik adabiyotlarining aksariyatida “sinf” va “strata” tushunchalari milliy hamda xalqaro tadqiqotlarda bir maromda qo‘llanib kelinmoqda. Shu o‘rinda ular o‘rtasidagi farqni aniqlashtirish lozim. “Sinf” tushunchasi bugungi kun sotsiologiya fanida ko‘p jihatdan jamiyatni iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘yicha sinflarga ajratishda qo‘llaniladi. “Strata” yoki qatldam tushunchasi esa unga nisbatan kengroq mohiyatga ega bo‘lib, u iqtisodiy ko‘rsatkich bilan birgalikda shaxs yoki guruhning sotsiomadaniyat xususiyatlaridan kelib chiqadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling