6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu (2)
Vertikal tabaqalanish (ijtimoiy tabaqalanish) ko’p sonli ijtimoiy
tuzilmalar mavjudligini tavsiflaydi. Bu tuzilmalarning vakillari hokimiyat va moddiy boylik, huquqlar va burchlar, imtiyozlar va nufuzning teng bo’lmagan hajmlariga egalik belgisiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Sotsiologiyada odatda stratifikatsiyaning uch asosiy turi (iqtisodiy, siyosiy, kasbiy stratifikatsiya), shuningdek uning ikkinchi darajali turlari (madaniy-nutqqa oid, yoshga oid stratifikatsiya va h.k.) farqlanadi. Iqtisodiy tabaqalanish daromad va boylik ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Daromad – individ yoki oilaning muayyan davr (oy, yil)dagi pul tushumlari miqdori. Daromad tushunchasi bilan ish haqi, pensiya, nafaqa, gonorar va boshqa xil tushumlar qamrab olinadi. Daromad odatda hayotni quvvatlashga sarflanadi, biroq jamg’arilishi va boylikka aylantirilishi ham mumkin. Daromad ayrim individ (individual daromad) yoki oila (oilaviy daromad) muayyan davr mobaynida oluvchi pul birliklarida o’lchanadi. Siyosiy stratifikatsiya hokimiyat hajmi bilan tavsiflanadi. Hokimiyat – o’z xohish- irodasini amalga oshirish, boshqa kishilar faoliyatini turli vositalar (huquq, zo’rlik ishlatish, avtoritet va h.k.) yordamida belgilash va boshqarish qobiliyati. Hokimiyat hajmi eng avvalo boshqaruv qarori tatbiq etiladigan kishilar soni bilan o’lchanadi. Kasbiy stratifikatsiya ma’lumot darajasi va kasbning obro’si bilan o’lchanadi. Ma’lumot – ta’lim olish jarayonida o’zlashtirilgan bilimlar, uquv va ko’nikmalar majmui (ta’lim olish yillari soni va o’zlashtirilgan bilim, uquv va ko’nikmalar sifati bilan o’lchanadi). Daromad va hokimiyat kabi, ma’lumot ham jamiyat stratifikatsiyasinining ob’yektiv o’lchov birligi hisoblanadi. Biroq ijtimoiy strukturaning sub’yektiv bahosini ham hisobga olish zarur, zero stratifikatsiya jarayoni qadriyatlar tizimining shakllanishi bilan uzviy bog’liq. Mazkur tizim asosida “baholash normativ shkalasi” tarkib toptiriladi. Har bir odam o’z e’tiqodlari va mayllaridan kelib chiqib jamiyatda mavjud kasblar, maqomlar va shu kabilarni turlicha baholaydi. Bunda baholash ko’p sonli belgilar (yashash joyi, dam olish turi va h.k.)ga ko’ra amalga oshiriladi. Kasb obro’si – muayyan kasb-korning muhimlik, jalb qiluvchanlik darajasini kollektiv (jamoatchilik tomonidan) baholash. Obro’ – jamoatning muayyan maqomga bo’lgan hurmati darajasi. U, odatda, ballarda (1 dan 100 gacha) o’lchanadi. Masalan, shifokor yoki yurist kasbi barcha jamiyatlarda katta nufuzga ega, farrosh kasbiga esa, odatda, past nazar bilan qaraladi. AQSHda shifokor, yurist, olim (universitet professori) eng obro’li kasblardir. Nufuzlilik darajasi o’rtacha bo’lgan kasblarga menejer, muhandis, mayda mulkdor va shu kabilar kiradi. Quyi darajadan payvandchi, haydovchi, chilangar, qishloq xo’jalik xodimi, farrosh va shu kabilar o’rin oladi. Ijtimoiy holatni o’lchashning asosiy mezonlari – boylik, hokimiyat, ma’lumot, nufuz ko’pincha mos kelmaydi. Masalan, ma’lumot va nufuz shkalalarida professor politsiyachidan yuqorida turadi, biroq daromad va hokimiyat shkalalarida politsiyachi professordan yuqoriroq o’rin egallaydi. Ularning ijtimoiy holatini har bir shkalada nuqtalar bilan belgilab, so’ngra nuqtalarni chiziqlar bilan birlashtirsak, politsiyachi va professorning umumiy maqomi hosil bo’ladi. Umumiy maqom siniq chiziq bilan ifodalanadi va stratifikatsion profil’ (yoki maqom profili) deb ataladi. Jamiyatning vertikal tabaqalanishini tushuntirishda sotsiologlar turli asoslarni keltiradilar. Ijtimoiy stratifikatsiya (ijtimoiy tengsizlik)ni tushuntirishga nisbatan ikki xil yondashuv – funksionalizm va konflikt nazariyasi mavjud. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling